Mavzu: Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarlik Guruh: Bajardi: Tekshirdi



Yüklə 14,27 Kb.
səhifə2/5
tarix03.12.2023
ölçüsü14,27 Kb.
#171930
1   2   3   4   5
Mashg’ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o’tkazishga tayyorgarlik

Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.

  • Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi.
  • Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar soni va har bir mashg‘ulot qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining haftalik mashg‘ulotlar jadvalini tuzadi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.

Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

  • Mashg‘ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
  • Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni haftaga teng taqsimlash.
  • Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg‘ulotlar qo‘yiladi.
  • Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
  • Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab etadigan, kam harakatli mashg‘ulotlar rejalashtiriladi (tevarakatrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar keyinroqqa rejalashtiriladi.
  • Kun davomida mashg‘ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k.
  • Mashg‘ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
  • Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo‘ladi.

Yüklə 14,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin