Nazariy qism Har qanday texnik yo'nalishdagi soha mutaxassisidan detal chizmalari, ularning birikmalari va yig‘ish chizmalarini o'qish hamda bajarishni yaxshi bilish talab qilinadi. Lekin, ushbu yo‘nalishdagi bilimlarni qanday hajmda va batafsil tushuntirish, o‘rgatish zarurligini o’qituvchi o‘quvchilarning keyingi hayotdagi turmush va ish faoliyatidagi shu bilimlarga bo‘ladigan zaruriyati hamda qiziqishlarini hisobga olib mustaqil belgiiashi mumkin. Bunda o ‘quv dasturida yig‘ish chizmalarini o'rganishga qisqa vaqt ajratilgani ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Yuqorida aytilgan ta’sirlarga qaramasdan bu mavzularni o‘rganish va oʻzlashtirish sifatiga dastlabki tanishtirish - tahlil darslarining ahamiyati ko‘p bog‘liq. Mazmun nuqtai nazaridan bu darslarda o‘quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish va sanoatda keng tarqalgan detallar, ularning turlari va nomlanishi, shuningdek, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalari bilan tanishtirish kerak (1-shakl).
1-shakl. Mashina detallari birikmalarining turlari.
Avval o‘quvchilarga mashinasozlikda keng tarqalgan tipaviy detallar va uzatmalar haqida umumiy m a’lumotlami aytib o'tish o‘quvchilarni mashinasozlik chizmachiligi atamalaridan ongli ravishda foydalanishlariga olib keladi. Bunda 2-shakldagi kabi plakatni o‘quvchilar bilan birgalikda o'rganib chiqib, keyinchalik uni shu bolimni o‘rganish mobaynida sinfdagi ko‘rinarli joyga ilib qo‘yish ham foydali bo‘ladi.
2-shakl. Tipaviy detallar va uzatmalariga misollar plakati.
«AQLIY HUJUM» METODI Mashg‘ulot o‘tkazish tartibi: Ushbu metod turli tarzda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun Yangi savol quyi yokiistalgan qandaydir muammoni hal etish mumkin. Asosiy qoidalari quyidagilar:
Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas.
G‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik.
Aqliy hujum usuli, uning mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.
Aqliy hujum usulini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqing.
Aqliy hujum usuli qoidasini tushuntirib bering (Texnologik chizma ko‘rinshlarda taqdim eting).
So‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.