Mavzu: Matematika o’qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti bosqichlari o’quv predmeti sifatida maqsadi mazmuni. Tayyorladi



Yüklə 23,71 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,71 Kb.
#204075
1   2
Ro\'zimurodova S.Mo\'m

Innovasiya (inglizcha innovation)- yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innofasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi.
Interfaol(«Inter»- bu o’zaro, «act»-harakat qilmoqyoki kim bilandir suhbat,
mudoqat tartibida bo’lishni anglatadi. O’qitishning interfaol uslubiyotlari-bilish va
kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, ular biladigan va
o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol
darslarda o’qituvchining o’rni qisman talabalarningfaoliyatini dars maqsadlariga
erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Matematika o’qitish uslubiyati uchta bo’limdan iborat: matematika o’qitish
umumiy uslubiyati (masalan, o’qitish usullari prinsiplari va hokazo masalalar
kiradi); matematika o’qitish xususiy uslubiyati (maktab matematika kursining
ayrim bo’limlari yoki tushunchalari yo’nalishlarini o’rganish usul va yo’llari
qaraladi); matematika o’qitish maxsus uslubiyati (masalan, akademik lisey, kasb-
hunar kollej va maxsus o’quv yurtlarida matematika o’qitishning xususiyatlari
o’rganilishi mumkin).
Maktabda matematika o’qitishda asosiy narsa o’qituvchining pedagogik
mahorati bo’lib, u hyech qanday ta’rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu
san’atdir. San’atni o’rganish lozim, san’atni egallash kerak. Pedagogik mahoratni
egallashdagi birinchi va zarur bosqichlardan biri matematika o’qitish uslubiyatini
o’rganish hisoblanadi.
Maktabda matematika o’qitishning mazmuni va vazifalari
Maktabdamatematika o’qitishninglar:umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar.
Umumta’lim maqsadlari: o’quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko’nikma
va malakalar sistemasini berish; o’quvchilarga olamni o’rganishning matematik
usullarini egallashlariga yordam berish; o’quvchilarni og’zaki va yozma matematik
nutqqa o’rgatish; o’quvchilarning ta’lim jarayonida va o’z ustida ishlashlarida faol
bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalar bilan
qurollanishga hamda qo’llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish.
Tarbiyaviy maqsadlari: matematika faniga bo’lgan turg’un qiziqishni
tarbiyalash; o’quvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, go’zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); o’quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Amaliy maqsadlari: olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga,
boshqa o’quv fanlarni o’rganishda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish;
matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o’rgatish; bilimlarni mustaqil
egallay olish ko’nikmalarini tarkib toptirish.















Yüklə 23,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin