Mavzu: Matematika o’qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti bosqichlari o’quv predmeti sifatida maqsadi mazmuni. Tayyorladi



Yüklə 23,71 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü23,71 Kb.
#204075
  1   2
Ro\'zimurodova S.Mo\'m













Mavzu: Matematika o’qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti bosqichlari o’quv predmeti sifatida maqsadi mazmuni.
Tayyorladi:Matematika va Informatika yo’nalishi 403-sirtqi guruh talabasi
Ro’zimurodova Sevinch

Matematika fan sifatida ham, o’quv predmeti sifatida ham yosh avlodga


o’rgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar quyidagilar:
Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy
munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to’la va chuqur o’rganish, targ’ib etishni
talab etadi, o’rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas;
matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bog’liq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi.
Matematika o’quv predmeti sifatida: o’quvchilarga matematikadan bilim,
ko’nikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o’quvchilar yosh
xususiyatlari hisobga olinadi;
yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi;
abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi;
o’qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi;
o’quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas.
Zamonaviy ta’lim sharoitida bo’lajak mutaxassislarda kasbiy bilim,
ko’nikma va malakalar bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va
muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham
shakllanishi kerak. Ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ta’lim oluvchilarning
mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o’quv biluv faoliyatini
faollashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim
oluvchilarining o’quv-bilish faoliyatlarini ta’minlovchi va rivojlantiruvchi
innovasion ta’lim metodlarini o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda
muammolarni yechimini izlash, topish va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan innovasion ta’lim metodlaridan foydalanish muhim hisoblanadi.

Yüklə 23,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin