2.2.Matematika medotlarini boshqa fanlarga tatbiqi. Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiqi;
U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani bayon etish, ya’ni matematik modelini vujudga keltirish va uni echishning metodini topish;
Matematik modelni echish va uning forma va metodlarini takomillashtirish va mantiqiy kamolotga intilish;
So’ngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kiberneti-
ka, hisoblash texnikasi,...) ekonomika, boshqarish sistemasi, psixologiya, meditsina va boshqa sohalarda matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. Matematika tarixi mate- matikaning rivojlanish jarayonida ko’pdan - ko’p yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong’u zulmat davrlarini boshidan kechirganligidan dalolat beradi. Ќaqiqatdan, xam din peshvo- lari din ta’limotiga mos kelmagan har qanday yangilikning yo’q qilishga yoki bo’g’ishga intilganlar. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina fanni ilgari siljishi uchun imko- niyatlar yaratib bergan.
Jumladan Kopernik va o’aliley, Ulug’bek qismatlari. Yoki XVII asrda Leybnits va Nьyuton asarlarida cheksiz kichiklar hakida ma’lumotlar paydo bo’lishi bilan episkop Berklining qattiq tanqidiga uchradi.
Yoki limitlar nazariyasi XIX asr oxiriga qadar qattiq tortishuvlarga sabab bo’lib keldi. Ќatto Koshining ishlari ham bunga barham bera olmagan edi.
Yoki N.I.Lobachevskiy ishlari o’limidan so’ng XIX asr oxirida tan olindi. (Ya.Bolьyai va o’auss ishlari).
Matematikani sotsial-iqtisodiy sohalarga ta’sirini chuqurroq ko’rabilish uchun un- ing tarixini turli ijtimoiy formatsiyalar bilan birgalikda qarash kerak.
Qadim davrda fan boylarning ermagi bo’lgan.
O’rta asrlarda esa fan ko’p jihatdan boy-feodallarning manfaatiga, dinga bo’ysundirilgan (savdo ishlari, hosil bo’lish, meros bo’lish, o’zga erlarni bosib olish, ta’sir doiralarni kengaytirish).
Matematika fanida ilg’or va reaktsion kuchlarning kurashi har doim sinfiy xarakterga ega bo’lib kelgan. Ayniqsa tarixiy va filosofik masalalarda bu yaqqol ko’rinib turadi . Keyingi boblarda bu faktga konkret misollar keltirib boriladi.
Demak, matematika tarixini bilish fanni mantiqan va tarixan rivojlanishining asosiy faktlarini va qonunlarini to’g’ri bilish va talqin qilish imkonini beradi, sxolastikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
Matematika tarixida o’zining xarakteri jihatidan bir - biridan tubdan farq qiladigan davrlar mavjud bo’lib, bunday ajratishlar davlatlarda nisba-
tan , sotsial - iqtisodiy formatsiyalarga nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan va hoka- zo qarab davrlarga bo’linishi mumkin. Shulardan biri A.N.Kolmogorov taklif etgan va- riantdir.
U quyidagicha:
Matematikaning ro’yobga kelishi.
Bu davr eramizdan oldingi VI - V asrlargacha davom etib, bu paytga kelib matema- tika mustaqil fan sifatida shakllanadi. Bu davrning boshlanishi esa, o’tmish ibtidoiy davr- ga qarab boradi. Bu davrda matematika hali fan sifatida shakllanmagan bo’lib, qilingan ishlarning xarakteri asosan kuzatish va tekshirish natijalari asosida materiallar to’plashdan iborat bo’lgan.
Elementar matematika davri.
Bu davr eramizdan oldingi VI - V asrlardan boshlanib, to hozirgi XVI asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda asosan o’zgarmas miqdorlarga oid masalalar atroflicha o’rganilgan bo’lib (bularning ba’zilari o’rta maktab kursiga kiritil- gan),matematikaning bundan keyingi rivoji o’zgaruvchi miqdorlarning kiritilishi bilan bo¼liq.
Ўzgaruvchi miqdorlar matematikasi.
Bu davrning boshlanishi o’zgaruvchi miqdorlarning kiritilishi, Dekart analitik geo- metriyasi vujudga kelishi, Nьyuton va Leybnits asarlarida differentsial va integral xisobi tushunchalari paydo bo’lishi bilan xarakterlidir. XVI asrdan to XIX asrgacha davom etgan bu davrda matematika jadal sur’atlar bilan rivojlandi, yangi bo’limlar vujudga keldi. Bar- cha ilmiy yo’nalishlarning bunday rivoji matematikani hozirgi zamon ko’rinishiga olib ke- linishiga sabab bo’ldi. Ќozirda biz buni matematikaning klassik asoslari deb yuritamiz.
Ќozirgi zamon matematikasi davri.
Bu davrda yangi matematik nazariyalar, matematikaning yangi-yangi tatbiqlari vujudga keldikim, u matematika predmetini mazmunini judayam boyitib yubordi. Bu esa o’z navbatida matematika asosini (aksiomalar sistemasini, isbotlashning mantiqiy usulla- rini va boshqalar) Ќozirgi zamon matematikasining yutuqlari asosida qayta ko’rib chi- qishni taqozo etadi.
A D A B I Yo T L A R
Axmedov S.A. O’rta Osiyda matematika o’qitish tarixidan. T.: «O’qituvchi», 1977.
Abduraxmonov A. Al-Xorazmiy buyuk matematik. T.: «O’qituvchi», 1983.
Abduraxmonov A., Narmonov A., Normurodov N. Matematika tarixi. T.: O’zRMU, 2004.
Nazarov X., Ostonov Q. Matematika tarixi. T.: «O’qituvchi», 1996.