Mavzu: Matematikaning fan sifatida shakllanishi Rejasi: kirish asosiy qism



Yüklə 66 Kb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü66 Kb.
#121008
  1   2   3   4
Mavzu Matematikaning fan sifatida shakllanishi Rejasi kirish a



Mavzu: Matematikaning fan sifatida shakllanishi
Rejasi:

  1. KIRISH

  2. Asosiy qism

  1. Matematikaning fan va o’quv predmeti sifatidagi taraqqiyot bosqichlari, har bir bosqichga xos maqsadi va vazifalari.

  2. Matematika fanining dunyo madaniyati va tarixidagi tutgan o’rni.

  3. Aksiomatik metod haqida tushuncha. Evklid geometriyasi, Evklidning “Negizlar” asari

III.Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Avvalo matematika tarixi matematik fanlar jumlasiga kirishini e’tirof etish joiz. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turli-tuman bo'lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifidan yaqqol ko'rish mumkin. «Matematika-haqiqiy borliqning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalaridir».
Matematikaning turli sohalari mana shu miqdoriy munosabatlar va fazoviy formalarning ayrim xususiy hollari bilan ish ko'radi.
Matematika predmetining tarkibi quyidagilardan iborat:

  1. Matematika rivojlanishi jarayonida yig'ilgan faktlar.

  2. Gipotezalar, ya'ni ilmiy farazga asoslangan, keyinchalik tajribada sinab ko'riladigan faktlar.

  3. Umumiylashtirilgan va o'z asosini topgan materiallar, ya'ni matematik nazariya va qonun-qoidalar.

  4. Matematika metodologiyasi-matematika predmetini o'rganishga yondashishni xarakterlovchi matematik qonunlar va nazariyalarni tushuntirishning umumiy usuli.

Matematika predmetining sanab o'tilgan elementlari o'zaro bog'liq va rivojlanishda. Biror aniq davrda shu rivojlanish qanday ro'y bergan, keyinchalik bu rivojlanish qanday tus oladi, shularni o'rganish, natijada ularning sabablarini ochib berish matematika tarixi predmeti zimmasiga yuklatiladi.
Demak, matematika tarixi matematika rivojlanishining obyektiv qonunlari haqidagi fan ekan. Shu sababli ham matematika tarixi juda katta masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi.
Bu vazifalar ro'yxatini keltirish ancha mushkul ish, ammo bo'lajak matematika o'qituvchilari matematika tarixidan nimalarni bilishlari zarur ekanini sanab ko'rsatish mumkin.

Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin