Kalkulyator qanday tashkil etilgan ? Kalkulyatorda sarlavha satri, menyular satri, sonlarni aks ettirish ekranchasi va quyidagilar bor.
raqamlar yozilgan tugmachalar;
“sqrt” - kvadrat ildiz chiqarish, “%” - foiz hisoblash, “1/x” - teskari sonni hisoblash, “+/” - son ishorasini almashtirish, “,” - sonni butun va kasr qimga ajratish, “=” - amalni bajarish: 4. Xotira bilan ishlash amallari “MR” - xotiradan ekrangacha chiqarish ,
“MC” - xotirani tozalash (xotiradagi sonni o`chirish)
“MS” - ekrandagi sonni xotiraga yozish,
“M+” - ekrandagi sonni xotiradagi songa qo`shish;
O`chirish tugmachalari:
“Backspase” - ekrandagi oxirgi raqamni o`chirish,
“CE” - ekrandagi oxirgi sonni o`chirish,
“C” - bajarilayotgan batcha amallarni va ekranchadagi sonni o`chirish.
Kalkulyatorda amallar qanday bajariladi ? Kalkulyatorning menyular satri quyidagi 3-ta menyuidan iborat:
Taxrir (Правка)
Ko`rinish (Вид)
Ma`lumot (Справка)
Tahrir menyusisichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish yordamida ochiladi. U Nusxalash (Копироват) va joylashtirish (Вставит) amallaridan iborat. Amallar yonida, mos ravishda, Ctrl+C va Ctrl +V tezkor klavishlar juftligi ko`rsatilgan. Klavishlar juftligidan qanday foydalanishni avvalgi darslarda ko`rib o`tilgan.