Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor? Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba`zi ishlarni insongina bajarish uchun “ sichqoncha “ deb ataluvchi qurilmani qo`llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugna tanlash yoki buyruq berrish, o`ng tugma yordamchi amallar ro`yxatini ochish uchun ishlatiladi. Bu ro`yxat kontekst – munyu deb atаladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlarva matnlar (hikoya, referat va boshqalar )
“ printer ‘ deb ataluvchi qurilma yordamida qog`ozga chop etish mumkin. Kino, klip, qo`shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik) lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi? Odatda kompyuterni ishga tushurish quyidagi ketma – ketlikda amalgam oshiriladi:
. kopyuter elektr manbaiga ulanadi;
. kompyuterning sistema blokidagi “ poyer” tugmachasini bosiladi;
. monitor aqlohida ishga tushuriladigan bo`lsa uning rasmli tugmachasi bosiladi.
Yodingizda bo`lsin, kompyuterlarni ishga tushurayotganingizda elektr tokidan nihoyatda ehtiyot bo`ling. Uyga vazifa: 7-12 betlar
Sana _____ Informatika Sinf ________ Mavzu: Windows haqida. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi: Windows haqida o`quvchilarga tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.