Javob : 2006 Uyga vazifa : 1-14 savol va topshiriqlar .
Sana _____ Informatika Sinf ________ Mavzu: Paint dasturi haqida Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi: Paint dasturi haqida o`quvchilarga tushuncha berish. Paint dasturi bilan tanishtirish. Paintda mashqlar bajarish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi:Paint dasturi bilan ishlash. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi, (kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Umrida rasm chizmagan kishini uchratish juda mushkul. O`zingiz ham maktabda rasm darsida turli rasmlar chizgansiz. Rasmlar turli usulda ishlangan bo`lishi mumkin. Masalan, qalam yoki flamaster yordamida, turli bo`yoqlar va moyqalam yordamida rasm chizish mumkin. Rasm chizish qanchalik zavqli bo`lmasin, xatolikka yo`l qo`ygan bo`lsangiz uni tuzatish oson kechmaydi. Ko`pincha buning iloji ham bo`lmaydi. Bu borada kompyuter beqiyos imkonioyatlarga ega. Paint dasrturi yordamida turli shakllar, rasmlar chizish, har xil ranglardan foydalanish,so`zlar yozish zarur bo`lsa osonlik bilan hatolarni tahlil qilish mumkin. Paintda chizilgan har qanday shakl yoki rasm piksellarning (nuqtalarning) to`plamidan iborat bo`ladi.