Sana _____ Informatika Sinf ________ Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsadi: Klaviatura haqida o`quvchilarga tushuncha berish. Klaviatura bilan tanishtirish. Klaviatura trenajorida mashqlar bajarish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Klaviatura bilan ishlash. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Avvalgi darsda klaviatura trenajorida ishlashni o`rgandingiz. Unda siz berilgan harfga mos klavishni klaviaturadan qisqa vaqt ichida topish ko`nikmasiga ega bo`ldinbgiz. Bu darsda turli matnlarni terishni mashq qilamiz.
Avvalgi darsda klaviatura trenajorining “ toshbaqa’ va “o`rdak” bosqichlarida mashq qildingiz. Endi trenajor yordamida matn terishni mashq qilamiz. Buning uchun trenajorni ishga tushurib “matn terish” bosqichini tanlang. Ekranga quyidagi mashq oynasi chiqadi. U ikkita darchadan iborat. Birinchi darchada mashq uchun matn berilgan. Ikkinchi darchaga shu matn kiritiladi. Matn kiritish vaqti hisoblab boriladi. Har bir noto`g`ri kiritilgan belgi uchun njarima beriladi. Berilgan matnni to`liq kiritib bo`lsangiz ekranda olgan bahoingiz chiqadi. Baho qo`yishda matn kiritish tezligingiz va jarimalar hisobga olinadi.