Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o`zgartiriladi ?
Lotin yoki kiril harflarini kiritish holatiga o`tish, odatda, ikki xil usulda amalga oshiriladi.
1 usul. Sichqoncha yordamida.
Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o`tkaziladi. Buning uchun sichqoncha strelkasini shu piktogrammaga yo`naltirib chap tugmasi bosiladi.
Hosil bo`lgan (ongdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogrammasi tanlanadi.
2 usul. Klavishlar yordamida. Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba`zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.
Klaviatura yordamida harf, raqam yoki belgi qanday yoziladi ?
Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo`lsin, kichik lotin harflari yoki raqamlar, shu harf yoki yoki raqam yozilgan klavishlarni bir marta bosish orqali kiritiladi. Masalan, “ 2006 yil so`zini yozish kerak bo`lsa,bu so`zdagi har bir raqam va harfga mos (yoqoridagi rasmga qarang) klavishlar birma – bir bosib chiqiladi. Bir harf sig`adigan bo`sh jay (probel) qoldirish uchun esa “ probel “ klavishi bir marta bosiladi. Bosh (katta)lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi (umuman, klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun “ shrift “ klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilar mos klavishlar birma – bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli klavishlarni birgalikda bosish deyiladi.
Masalan : “ 2006 yil “ ga mos klavishlarni shift bilan birga bosilsa “ @ ))^yil” yoziladi. Endi Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo`lsin. Bu holda kichik kril harfi va ba`zi mahsus belgilarni yozish mumkin bo`ladi. Odatda, klavish ustiga kril harfi lotin harfiga nisbetan boshqa (ko`pincha qizil) rangda yozilgan bo`ladi.Masalan:
Klaviaturadagi maxsus klavishlar nimaga kerak ?
Maxsus klavishlardan shift klavishining vazifasini bilib oldingiz, ya`ni klavishlarni birgalikda bosish orqali bosh harflarni yozish mumkinligini ko`rdik. Ikkinchi usulda Caps Lock klavishi bosiladi. Natijada Caps indikatori yonadi hamda klavishlar orqali faqat bosh harflarini yozish mumkin bo`ladi. Bu holda shift klavishini bosib turib harjlar yozilsa, kichik harflar yoziladi. Faqat kichik harflarni yozish uchun yana Caps Lock klavishi bosiladi. Boshqa maxsus klavishlarning vazifasini quyidagi jadvaldan bilib olasiz.
Dostları ilə paylaş: |