Alt klavishi bilan birgalikda oynani yopadi.
Uyga vazifa : 1-9 savol va topshiriqlar .
Sana _____ Informatika Sinf ________ Mavzu: Klaviatura trenajorida mashqlar.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: Klaviatura haqida o`quvchilarga tushuncha berish. Klaviatura bilan tanishtirish. Klaviatura trenajorida mashqlar bajarish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Klaviatura bilan ishlash. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Avvalgi darsda siz klaviatura bilan tanishdingiz. Klaviatura kompyuterga axbortlarni kiritishda asosiy qurilma bo`lib xizmat qilishini bilib oldingiz. Mazkur darsda klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz.
|
Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat,…..,) hosil qilish uchun biz albatta klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadagi klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo`ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashq qilish kerak. Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko`p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ular yordamida biz klaviaturadan foydalanishni mashq qilamiz. Bunday dasturlar klaviatura trenajori deyiladi. Kompyuterlar uchun o`nlab klviatura trenajorlari ishlab chiqilgan. Quyida biz ularning bittasini ko`rib chiqamiz.
“ klavtren “ klaviatura trenajori.
Trenajorni ishga tushuruvchi “klavtren” faylining yorlig`I ko`rinishga ega. U ishga tushurilgach ekranga dasturning sarvarag`i chiqadi. Undan sichqoncha yordamida “sekin” (toshbaqa rasmli tugma ) , “tez” (o`rdak rasmli tugma) va “matn” (tuyaqush rasmli tugma ) bosqichlaridan biri tanlanadi. Dasturdan chiqish uchun sarvaraqning o`ng pastki burchagida “EXIT” tugmasi tanlanadi. “sekin “ va “tez” bosqichlardan biri 6tanlansa, ekranga trenajorning ish maydoni chiqadi. Sizning vazifangiz ekranning yuqori qismidan tushayotgan belgiga mos klavishni bosishdan iborat. Har bir noto`g`ri bosgan klavish uchun 1ball jarima beriladi. Trenajor ish maydonining pastki qismida klaviatura rasmi bo`lib, unda tushayotgan belgiga mos klavish yonib – o`chib turadi. Mashq qilish uchun 1minut beriladi. Shu vaqt ichida tushgfan belgilar soni, siz to`plagan ball va jarima hisoblab boriladi.vaqt tugashi bilan erishgan tezligingiz, ish samarangiz va bahoingiz ekranga chiqadi.
Masqlar : 1. klaviatura trenajorini ishga tushuring .
2. klaviatura trenajorini “ toshbaqa “ (sekin ) bosqichni tanlang va “5” baho olishga harakat qiling.
3. klaviatura trenajorining “o`rdak” (tez) bosqichini tanlang va “5” baho olishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: |