Kursorni qanday boshqarish mumkin ? Avvalgi darslarga klaviaturadagi harf, raqam va belgilar yordamida matnlar ( hikoyalar, referatlar, maqolalarva kitoblar ) yozish mumkinligi aytib o`tilgan edi. Ma`lumki, matnlar satrlardan tashkil topgan bir necha sahifadan iborat bo`ladi. Kursorni satrlar yoki sahifalar ichida boshqarish uchun klaviaturada alohida klavishlar joylashtirilgan. Ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Home
Kursorni satr boshiga o`tkazadi.
←
Kursorni bir belgi oldinga o`tkazadi.
End
Kursorni satr oxiriga o`tkazadi.
↑
Kursorni yuqoridagi satrga o`tkazadi.
Pg Up
Kursorni avvalgi sahifaga o`tkazadi.
→
Kursorni bir belgi keyinga o`tkazadi
Pg Dn
Kursorni keyingi sahifaga o`tkazadi.
↓
Kursorni quyidagi satrga o`tkazadi.
Yordamchi klavishlar majmui yordamida kursorni boshqarish (Num Lock indikatori ochiq holda) yoki raqamlar va arifmatik amal belgilarini kiritish (Num Lock indikatori yongan holda) mumkin. Num Lock indikatorini yoqish yoki o`chirish uchun Num Lock klavishi bosiladi.
Funksional klavishlar nega kerak ? F1 , F2 , …, F12 funksional klavishlar maxsus amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Odatda, bu klavishlar vazufasini ishlayotgan dastur belgilaydi.
Masalan: Windows ish stolida :
F1
“ Yordam “ klavishasi (ishlayotgan dastur haqida ma`lumot chiqaradi.)
F2
Oxirgi belgilangan fayl, papka yoki yorliq nomi o`zgartirish holatiga o`tadi.