Mavzu: Fayl va papka tushunchasi
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsadi: Fayl va papka haqida o`quvchilarga tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga jamoa bo`lib muammoni hal etish malakasini shakllantirish. Ajdodlarimiz meroslarini asrab – avaylab, ular ishlarining davomchilari bo`lish ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari malaka ko`nikmalarini hosil qilish.
Darsning jihozi: 5-sinf informatika darsligi, plakat, texnika vositasi,
(kompyuter), chizmalar, rangli qog`ozlar.
Darsning uslubi: Aqliy hujum interfaol mashqlar yordamida o`quvchilar orasida rivojlantiruvchi muhit hosil qilish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib davomat aniqlanadi, o`quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi.
Yangi mavzu bayoni:
Windows muhitida ishlash uchun papka yoki faylni ochish, yopish, yangi papka hosil qilish, nomini va o`lchamini o`zgartirish, siljitish kabi amallarni bajara olish kerak bo`ladi.
|
Papka yoki fayl qanday ochiladi?
Ish maydonidagi papkalar (masalan, Mening kompyuiterim ) yoki papkalarga mos yorliqlar ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib borib chap tugmasi ikki marta bosilsa, ish stolida oyna deb ataluvchi quyidagi kabi ko`rinish hosil bo`ladi :
Oynaning asosiy hususiyati shundan iboratki, Sarlavha satrining chap tomonidan ochilgan fayl yoki papkaning nomi yozilgan bo`ladi, o`ng tomonida esa “ Oynani masalalar paneliga o`tkazish “, “ Oyna o`lchamini tanlash “, “ Oynani yopish “, tanlov tugmalari joylashgan bo`ladi. Ochilgan fayl va papkalarga mos tugmalar Masalalar penaliga aks etib turadi. Bir oynadan boshqasiga o`tish uchun masalalar panelidagi mos tugma ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib borib chap tugmasini bosish yetarli.
Vinchesterlar, fayllar ko`pgina dasturlar, disk yuritgichdagi disketlar, CD- ROMdagi disklar yuqoridagi usulda ochiladi va ularning mazmuni ham oynada aks etadi. Masalan:
Oynani siljitish va o`lchamini o`zgartirish qanday amalga oshiriladi?
Oynani ish atolida siljitish uchun sichqoncha ko`rsatkichini oynaning sarlavha satri ustiga olib boriladi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holdea kerakli yo`nalishda harakatlantiriladi.
“ Oyna o`lchamini tanlash” tugmasi shu oynani butun ekranga yoyish yoki oxirgi yoyilgandagi kichik o`lchamda aks ettirish uchun xizmat qiladi. Oyna o`lchamini har xil yonalishlarda o`zgartirish uchun sichqoncha ko`rsatkichi oyna chergarasiga. Olib boriladi.
Chegara ustiga ↔yoki ↨ belgilaridan biri aks etgach sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda kerakli yo`nalishda harakatlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |