Fayllarga misollar: Kompyuterda saqlanayotgan fayllar juda ko`o bo`lishi mumkin. Ularning ichidan keraklisini izlab topish oson bo`1lishi uchun fayllarni guruhlarga ajratib tashqi xotiraning alohida qismlarida saqlash qulay. Bu qismlar nomlanib papka (katalog) deb ataladi.
Fayllarni guruhlash ajratishda, ularning musiqa, kinoga, oyinga kimga yoki qaysidir sohaga tegishliligi yoki yana boshqa hususiyatlarga qaraladi. Bir necha fayl biror nomli papkagajoylanishi mumkin. Lozim bo`lsa papka ichida papka ham joylashtirishi mumkin.
Papkalarni nomlanishiga misollar: Windows nima?
Windows inglizcha so`z bo`llib, derazalar, oynalar degan ma`noni anglatadi.
Biz o`rganmoqchi bo`lgan Windows XP operatsion sitemasiishga tushganda monitorda quyidagi ko`rinish kabi aks etadi:
Bu ko`rinish Windowsning ish stoliyoki qisqacha ish stoli (рабочий стол) deb ataladi.
Ish stolida, asosan, Pusk (Пуск) tugmasi , masalalar penali (Панел забач), mening kompyuterim (Мой сомпъютер) papkasi , Mening hujjatlarim (Мой документ ) Papkasi, savatcha (Кореина), Fayl belgisi, Yorliqlar(burchagida strelka belgisi bor rasmlar) joylashgan bo`ladi. Ularning hammasi rasmchalar shaklida berilgan. Bu rasmchalar piktogrammalar deyiladi.
Pusk tugmasi bosilganda ekranda pusk menyusi hosil bo`ladi. Pusk menyusida Windowsda ish boshlash bilan bog`liq bolgan barcha imkoniyatlar mujassamlangan.
Savatcha o`chirgan ma`lumotlarni vaqtincha saqlab turish uchun xizmat qiladi.
Fayl belgisida fayl nomi va bu fayl hosil qilingan dasturga mos belgi ko`rsatilgan bo`ladi. Har bir yorliq esa biror fayl yoki papkaga mos keladi.
Yorliqlar yordamida kerakli papka yoki fayl osongina ochiladi.