Ko`rinish menyusi kalkulyatorning oddiy (Обычный)va muxandislik (Инженерный) ko`rinishlaridan birini tanlash imkoniniu beradi. Odatda, sondagi raqamlarni guruhlarga ajratish sonning qiymatini aniqlash uchunqulay bo`ladi. Ko`rinish menyusining guruhlardagi raqamlar soni (Количество цифр в группе) amali shu imkoniyatni berish uchun kiritiladi. Ma`lumot menyusi yordamida kalkulyatorning barcha imkoniyatlari, qanday ishklatilishi va kim tomonidan ishlab chiqarilganligi haqida ma`lumotlarni olish mumkin.
Quyida sichqoncha va yordamchi klavishlar orqali kalkulyatorni ishlatishga doir misollar keltiring. Bunda Num Lock indikatori yonib turgan bo`lishi lozim.
1. Hisoblang : 59*4+114/3. Hisoblashni bajarish uchun:
1) klavishlar yordamida 59yoziladi;
2) “*” klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “*” amali tanlanadi:
3) klavishlar yordamida 4 yoziladi.
4) ko`paytmani hisolash uchun Enter kjlavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “=” amali tanlanadi.
5) ekranchadagi sonni xotiraga yozish uchun sichqoncha yordamida “MS” amali tanlanadi.
6) klavishlar yordamida 114 yoziladi.
7) “/” klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “/” amaliu tanlanadi.
8) klavishlar yordamida 3 yoziladi.
9) bo`linmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “=” amali tanlanadi.
10) ekrandagi sonni xotiradagi songa qo`shish uchun sichqoncha yordamida “M+” amali tanlanadi.
11) natijani ekranchaga chiqarish uchun sichqoncha yordamida “MR” amali tanlanadi.
Javob : 274 2.Hisoblang: (28493 105*23)/13. Hisoblashni bajarish uchun :
1) ekranchani tozalash uchun “C” amali tanlanbadi.
2) xotirani tozalash uchun “MC” amali tanlanadi:
3) klavishlar yordamida 28493 yoziladi;
4) ekranchadagi sonni xotiraga yozish uchun sichqoncha yordamida “MS” amali tanlanadi.
5) klavishlar yordamida 105 yoziladi;
6) “*” klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “*” amali tanlanadi :
7) klavishlar yordamida 23 yoziladi;
8) ko`paytmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “=” amali tanlanadi ;
9) ekrandagi son ishorasini almashtirish uchun “+/” amali tanlanadi;
10) ekrandagi sonni xotiradagi songa qo`shish uchun sichqoncha yordamida “M+” amali tanlanadi ;
11) xotiradagi sonni ekranchaga chiqarish uchun sichqoncha yordamida “MR” amali tanlanadi;
12) “/” klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “/” amali tanlanadi ;
13) klavishlkar yordamida 13 yoziladi;
14) bo`linmani hisoblash uchun Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida “=”amali tanlanadi ;