Birinchi vaziyat. Biror ish hajmi faqat qo'l kuchi yordamida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Bir miqdorning qiymati ma'lum, u ham bo'lsa, ish vaqti 10 kun. Boshqa miqdorlarning qiymati noma'lum
Birinchi vaziyat. Biror ish hajmi faqat qo'l kuchi yordamida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Bir miqdorning qiymati ma'lum, u ham bo'lsa, ish vaqti 10 kun. Boshqa miqdorlarning qiymati noma'lum.
Ikkinchi vaziyat. Aynan o'sha ish hajmi faqat «O'zbekiston» traktorida ma'lum unumdorlik bilan bajariladi. Ish vaqti ma'lum, 1 kun. Boshqa miqdorlarning qiymatlari noma'lum.
Uchinchi vaziyat. Aynan o'sha ish hajmi har birining mos unumdorligi bilan bajariladi. Uchala miqdorning qiymatlari noma'lum.
Masalaning talabi: «Bu maydon necha kunda haydab bo'linadi?». Unda noma'lum miqdorlardan birining qiymatini, u ham bo'lsa, ikkalasi birgalikda ishlagan vaqtini topish kerakligi ko'rsatiladi. Shu talabning o'zini buyruq shaklida ham ifodalash mumkin: «Ikkalasi birgalikda ishlaganda, maydonni haydash uchun ularga necha kun talab etilishini toping».
Mazkur masalada miqdorlarning beshta noma'lum qiymatlari bor, ulardan biri masalaning talabiga kiradi. Miqdorning bu qiymati izlanuvchi miqdor deb ataladi.
MASALALAR YECHISH
Matnli masalalarni arifmetik usulda yechish murakkab fao-liyat bo'lib, uning mazmuni berilgan masalaga ham, masala yechuvchining malakasiga ham bog'liq. Shunday bo'lsa-da, unda bir necha bosqichni ajratish mumkin.
Masalaning mazmunini tushuntirib yechish va tahlil qilish.
Masalani yechish rejasini izlash va tuzish.
Yechish rejasini bajarish. Masalaning talabini bajarish haqidagi xulosani ifodalash (masalaning savoliga javob berish).
Yechimni tekshirish va agar xato bo'lsa, uni tuzatish. Masalaning talabini bajarish yoki masalaning savoliga javob berish haqidagi uzil-kesil xulosani ifodalash.
Shuni ta'kidlash kerakki, masala yechish jarayonida aytib o'tilgan bosqichlar qat'iy chegaraga ega emas va har doim ham birday to'la bajarilmaydi.
Agar matn bo'yicha maxsus savollar berib va ularga javob berilsa, bu masalaning mazmunini tushunib yetish, uning sharti va talabini ajratib olish mumkinmi?
Bu masala nima haqida?
Masalada nimani topish talab etiladi?
«Shu butun vaqt mobaynida» so'zlari nimani anglatadi?
Masalada uning har bir qatnashchisining harakati haqida nima ma'lum?
Masalada nima noma'lum?
Nima izlanuvchi: sonmi, kattalikning qiymatimi, muno-sabatning turimi?
Masalaning mazmunini tushunib yetishda va masala yechi-mini izlash uchun asos yaratishda masala matnini qayta ifodalash vaziyatlarning berilgan ifodasini, barcha munosabatlarni ularni boshqa ifodasi bilan almashtirish katta yordam beradi. Bu vosi-tadan matnni ma'noli qismlarga ajratish maqsadlarida foyda-lanish ayniqsa samaralidir.