Mavzu: Mavzu: “B” va “P” undoshlarini farqlash Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.03.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#90958
1   2   3   4
Mahg\'ulot ishlanma 2

B (b) harfi lab- lab , portlovchi , jarangli undosh tovushini ifodalaydi . So‘z o‘rtasida va , asosan , so‘z ohirida jarangsizlashib p tarzida aytilsa ham, doimo b yoziladi . Masalan: sabab –sabap , javob –javop , zarb – zarp , mubtalo – muptalo , ibtido – iptido kabi .
P (p) harfi lab- lab, portlovchi, jarangli undosh tovushini ifodalaydi. Bu tovush ko‘pincha b va f undoshlari o‘rnida talaffuz qilinsa ham, asliga ko‘ra b va f yoziladi. Qarang : kelib – kelip, g‘arb – g‘arp , insof –insop , ulfat –ulpat kabi.
Bu harflarni so‘zlarda yozishdan avval, bu harflarni bosma va yozma shaklini plastilindan yasab olamiz va ularning farqlarini aytamiz.
V. Jismoniy daqiqa.
Barmoqlar gimnastikasi.
Besh barmog‘im bor mening
Besh og‘ayni, besh o‘rtoq,
Narsa ushlash , olishda,
Yordam berar har ishda,
Yo‘q ular bilmagan ish,
Bir , ikki, uch, to‘rt, besh.
VI. Mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq. B va P harflari ishtirok etgan bo‘g‘inlarni o‘qing, ularga boshqa bo‘g‘inlar qo‘shib so‘zlar yasang. Bu so‘zlarni talaffuz qiling va yozing.

Ba - Ab

Pa- Ap

Bi- Ib

Pi-Ip

Bo‘- O‘b

Po‘-O‘p

Be- Eb

Pe-Ep

Bu - Ub

Pu- Up

Bo- Ob

Po - Op

1-mashq. Nuqtalar o‘rniga B va P undoshlaridan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Ofto... kirmagan joyga tabi... kiradi. 2. Kito... – bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i. 3. Odo...ni odo...sizdan o‘rgan. 4. Makta... so‘zi o‘zbek tiliga ara... tilidan kirib kelgan. 5 Tarti...lilik, tala...chanlik kishini komillikka etaklaydi.
2-topshiriq. Nomida ma’lum sonli tovushga ega bo‘lganni nomlash.
3-topshiriq. Qaysi tovush yo‘q? banan-anan, piyoz-iyoz, barg-arg, paxta-axta


  1. Yüklə 106,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin