Mavzu: “B” va “P” undoshlarini farqlash mavzusini davom ettirish. Maqsad: Ta’limiy : B va P undoshlari, ularning imlosi haqida bilim va tasavvurlarini kengaytirish, bu undoshlar ishtirok etgan so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
Korreksion: diqqat, xotira, idrok, tafakkur xususiyatlarini , yozuv malakalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: ma’naviy -ahloqiy kamol toptirish, mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish.
Mashg‘ulot metodi: og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali.
Jihoz : rasmlar, kartochkalar, harflarning bosma va yozma shakllari, doska, daftar.
Mashg‘ulotning borishi. I . Tashkiliy qism. -Salomlashish;
-O‘quvchilar diqqatini jamlash;
- O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorlash;
II.Artikulyatsion gimnastika. a) Lab mashqlari;
-lablarni cho‘chaytirish,
-lablarni doiracha holatiga keltirish,
- lablarni kulgu holatiga keltirish;
b)Til mashqlari;
-“Soatcha” , “Qo‘ziqorin”, “Arg‘imchoq”, “Ninacha”.
g) Nafas mashqlari;
-burundan nafas olib og‘zimizdan chiqaramiz.
-og‘zimizdan nafas olib burnimizdan chiqaramiz.
III.Uyga vazifani so‘rash, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash.
Mavzu yuzasidan savol- javob olib borish. B va P harflarining yozma shakllarini doskada yozish, bu harflarni yozilishidagi farqlarini tushuntirish.
Mavzuning davomi. B va P harflarini so‘zlardagi imlosi haqidagi qoidalarni takrorlash. Mashqlar bajarish.
1 - mashq. Berilgan so‘zlarni namunadagidek fonematik tahlil qiling, so‘zda B va P tovushlarining o‘rnini aniqlang.
Kosib, kapalak, kapgir, hisob, kanop, mikrob, qop, to‘p,sabab.
2-Mashq. Matnni o‘qing. B va P undoshlari ishtirok etgan so‘zlarning talaffuzi va imlosiga e’tibor qarating. Bu so‘zlarnin to‘g‘ri yozilishini yodda tuting.
Maktabimiz yonida katta bog‘ bor. Bog‘ning havosi juda toza. Bog‘da mevali daraxtlar ko‘p. Bog‘bon ularni parvarish qiladi. Biz ham bog‘bonga yordam beramiz. Bizning sinfimizda Zaynab va Turob yosh bog‘bonlar to‘garagiga etakchilik qilishadi. Ular bog‘bondan nafaqat mevali daraxtlarni, balki gullarni ham parvarish qilishni o‘rganishmoqda.