Mavzu: Mavzu: “B” va “P” undoshlarini farqlash Maqsad: Ta’limiy



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə1/4
tarix29.03.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#90958
  1   2   3   4
Mahg\'ulot ishlanma 2


Mavzu: Mavzu: “B” va “P” undoshlarini farqlash
Maqsad:
Ta’limiy : B va P undoshlari, ularning imlosi haqida bilim va tasavvurlarini kengaytirish, bu undoshlar ishtirok etgan so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish.
Korreksion: diqqat, xotira, idrok, tafakkur xususiyatlarini , yozuv malakalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: ma’naviy -ahloqiy kamol toptirish, mashg‘ulotga qiziqish uyg‘otish.
Mashg‘ulot metodi: og‘zaki, amaliy, ko‘rgazmali.
Jihoz : rasmlar, kartochkalar, harflarning bosma va yozma shakllari, doska, daftar.
Mashg‘uloning borishi.
I . Tashkiliy qism.
-Salomlashish;
-O‘quvchilar diqqatini jamlash;
- O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorlash;
II.Artikulyatsion gimnastika.
a) Lab mashqlari;
-lablarni cho‘chaytirish,
-lablarni doiracha holatiga keltirish,
- lablarni kulgu holatiga keltirish;
b)Til mashqlari;
-“Soatcha” , “Qo‘ziqorin”, “Arg‘imchoq”, “Ninacha”.
g) Nafas mashqlari;
-burundan nafas olib og‘zimizdan chiqaramiz.
-og‘zimizdan nafas olib burnimizdan chiqaramiz.
III.Uyga vazifani so‘rash, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash.Mavzu yuzasidan savol- javob olib borish. Doskadagi berilgan so‘zlarda tushirib qoldirilgan V va F harflarini qo‘yib so‘zlarni o‘qing, ularni imlosini tushuntiring.
IV. Yangi mavzu bayoni. Men sizlarga topishmoqlar aytaman sizlar javobini toping.

Tanga tanga to‘ni bor,
Mittigina ko‘zi bor.
Yursa suvlar jimirlar,
Qamishlar ham qimirlar. ( Baliq)


Qavat- qavtdir to‘ni,
Fe’li yomondir uni,
Echsang agar to‘nini,
Yig‘latadi, bil shuni. ( Piyoz)
Topishmoqning javoblari qaysi harflar bilan boshlanadi ? Bugun biz sizlar bilan B va P undoshlarini yozilishi bilan tanishib chiqamiz.

Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin