o‘rgatsa, o‘quvchining darsga, sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan faollik darаjasi yanada rivojlanadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchini jismoniy mashqlarni bajarayotganida, boshqa bir o‘quvchi shaxsi bilan toqqoslamaslik zarur. O‘quvchining jismoniy tarbiya darsiga qiziqmasligi, birorta sport turi bilan shug‘ullanishda yalqovligi, uyga berilgan jismoniy mashqlarni mustaqil bajarmasligining asosiy sabablari, ko‘p jihatdan, maktabda jismoniy tarbiya darsining sifatsiz o‘tkazilishi, o‘qituvchining jismoniy tarbiya va sportga doir bilimlarining yaxshi rivojlanmaganligi, o‘quvchining birorta sport turiga qiziqtirishga ijtimoiy tafakkurining zaifligi, pedagogik mahorat va bilim malakalarining yaxshi tarkib topmaganligidadir. Ayni bir xildagi qiziqish - xavaslarning kuchi turli o‘quvchilarda turli darajada bo‘ladi. Kuchli qiziqish, ko‘pincha, kuchli hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lib, sportchida ehtiros tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek bokschisi Muhammadqodir Abdullaev boksga yuqori darajada ehtirosli qiziqishida zo‘r havas, chidam, sabr -toqat va sabotlilik singari irodaviy sifatlarning mukammaligi bois Olipiada chempioni bo‘ldi. Maktabda o‘quvchining sport turlari bilan shug‘ullanishiga qiziqishining o‘sishi o‘quvchining ichki dunyosiga, ma’naviy tarbiyasiga hissiyotlariga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchining jismoniy tarbiya darsini qiziqarli tashkil etishi o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularning xotirasida o‘rganilgan harakatli o‘yin turlari va nomlarining uzoq muddat saqlanishini ta’minlaydi, o‘quvchining sportga qiziqishi ularda aqliy, ahloqiy sifatlarni rivojlantirish bilan birga, o‘quvchi shaxsini to‘g‘ri yo‘naltirishga ham katta ta’sir etadi. O‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni o‘stirish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur: