Mavzu: Meda osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayoning kashf etilishi odam medasining sekretor funksiyasini o’rganish metodlari. Reja



Yüklə 121,08 Kb.
səhifə4/6
tarix02.05.2023
ölçüsü121,08 Kb.
#106241
1   2   3   4   5   6
Mavzu

Somatotrop gormon yoki o'sish gormoni yosh hayvonlarning o'sishini stimullab boradi. Shu gormon yuborilganida organizmda oqsillar sintezi kuchayadi, azot balansi musbat bo'lib qoladi, depolardan yog'larning chiqib kelishi va energiya almashinuvida sarflanishi kuchayadi. Bu gormon organizm o'sib boradigan davrda to'qimalarida ro'y berib turadigan almashinuv jarayonlariga anabolik omil tariqasida ta'sir ko'rsatadi. Somatotrop gormonning optimal ta'sir ko'rsatishi uchun shu gormon sinergistlari bo'lmish glukokortikoidlar hamda qalqonsimon bez gormonlari ishtirok etishi zarur.
Yosh bolalik davrida somatotrop gormon ortiqcha ishlanib chiqadigan boisa (gipofiz o'smalarida) odamda gigantizm paydo bo'ladi. Bun-day odamlarning bo'yi 2,4—2,5 m ga, massasi 150 kg gacha borib qoladi. Gipofiz oldingi bo'lagi giperfunksiyasi odam katta bo'lganidan keyin boshlansa, u vaqtda akromegaliya paydo bo'ladi. Bu kasallikda qoi-oyoq barmoqlari va panjalari, burun, pastki jag', til, ko'krak va qorin bo'shlig'i organlari kattalashib ketadi (82- rasm). Muskullar darmoni qurib qoladi, diurez ko'payadi, siydikda qand paydo bo'ladi, jinsiy faoliyat buziladi.
Somatotrop gormon yoshlik chog'ida yetishmaydigan bo'lsa, o'sish sekinlashadi va odamlar pakana bo'lib qoladi. Bunday odamlarda tana qismlari, garchi mutanosib bo'lsada, skeletning suyaklanishi kechikadi, qo'1-oyoq panjalari ixcham bo'ladi, birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanmay qoladi. Bunday odamlar odatdagi kasalliklarga yaxshi bardosh bera olmaydi va ko'pincha yoshligida o'lib ketadi.
Tireotrop gormon (tireotropin) qalqonsimon bezda shu bez gormonlari hosil bo'lishini kuchaytiradi. Bu shunga bog'liqki, tireotropin qalqonsimon bez sekretor hujayralari faolligini kuchayti-rib, sonini ko'paytiradi. Gipofizni olib tashlash qalqonsimon bezning kichrayib qolishiga yoki hatto batamom atroflyala-nib ketishiga sabab bo'ladi. Gipofiz olib tashlanganidan keyin asosiy almashinuv bilan oqsillar almashinuvi susayib qoladi. Tireotropinni organizmga uzoq vaqt yuborib turish qalqonsimon bez giperfunksiyasi paydo bo'lishiga olib keladi. Tireotrop gormon hosil bo'lishi va ajralib chiqishi qondagi qalqonsimon bez gormonlari miqdoriga bog'liq. Agar shu gormonlar miqdori ko'payib ketsa, u vaqtda tireotropin ishlanib chiqishi kamayadi, bordiyu, qondagi o'sha gormonlar miqdori kamayib qolsa, tireotropin ishlanib chiqishi kuchayadi (teskari aloqa mexanizmi). Sovuqni sezadigan retseptorlar ta'sirlanganida tireotrop gormon sekretsiyasi refleks yo'li bilan kuchayadi.

Yüklə 121,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin