Mavzu: Meda osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayoning kashf etilishi odam medasining sekretor funksiyasini o’rganish metodlari. Reja


Gonadotrop gormonlar (gonadotropinlar)



Yüklə 121,08 Kb.
səhifə5/6
tarix02.05.2023
ölçüsü121,08 Kb.
#106241
1   2   3   4   5   6
Mavzu

Gonadotrop gormonlar (gonadotropinlar) jinsiy bezlar faoliyatini stimullaydi. Gipofizning oldingi boiagida uchta gonadotrop gormon: follikulalarni stimullovchi luteinlovchi valaktogen gormon (prolaktin) hosil bo'ladi. Follikulalarni stimullovchi gormon urg'ochi hayvonlarda follikulalarning tuxumdonlarda rivojlanishini tezlashtiradi va ularni yetuk follikula pufakchasiga (graffpufakchasiga) aylantiradi, erkak hayvonlarda esa spermatozoidlar hosil bo'lishi va prostata bezi rivojlanishini tezlashtiradi. Luteinlovchi gormon urug'don va tuxumdonlarda ichki sekretor elementlar rivojlanib borishini stimullaydi va shu bilan jinsiy gormonlar (androgenlar va ekstrogenlar) hosil bo'lishi tezlashuviga olib boradi. Prolaktin sariq tanada progesteron ishlanib chiqishini va laktatsiyani kuchaytiradi. Gonadotropinning jinsiy organlar faoliyatidagi roli «Ko'payish» bo'limida batafsilroq tasvirlangan.


Adrenokortikotrop gormon (kortikotropin, AKTG) 39 ta aminokislota qoldiqlaridan iborat polipeptid. AKTG buyrak usti bezi po'stlog'ining dastasimon va to'rsimon (kamroq darajada) zonalari o'sib borishiga sabab bo'lganligi tufayli shu bezlar po'stlog'ida gormonlar, asosan glukokortikoidlar hosil bo'lishini stimullaydi. Organizmda AKTG yetishmay qolganligi tufayli shu zonalar ftinksiyasi pasayib turgan hollarda organizmga AKTG yuborilsa, uning shunday ta'siri ayniqsa ifodalangan bo'ladi. Keskinlik holati (stress)ga sabab bo'ladigan ta'sirotlar mahalida AKTG sekretsiyasi hamisha kuchayadi. Masalan, og'riq ta'siroti, sovuq, infeksion kasalliklarning qo'zg'atuvchilari, ruhiy jarohatlar va boshqalar ana shunday ta'sirot (stressor)lar jumlasiga kiradi.
Kuchli ta'sirotlar, o'zining tabiatidan qat'iy nazar, organizmda spetsifik reaksiyalar bilan bir qatorda, uni asraydigan va keskinlik sharoitlariga moslashtiradigan ancha bir xil (nospetsifik) reaksiyalarni ham keltirib chiqarishi allaqachon ko'rsatib berilgan. Kanadalik tadqiqotchi G. Se1 e ana shu jami moslashtiruvchi reaksiyalarni «umumiy adaptatsion sindrom» deb atashni taklif etdi va bunda gormonal omillarga katta ahamiyat berdi. Odatdan tashqari ta'sirotlar gipotalamus yadrolarining reflektor yoi bilan qo'zg'alishiga sabab bo'ladi, gipotala­mus yadrolarida gipofiz oldingi bo'lagida AKTG sintezlanishi va ajralib chiqishini stimullaydigan neyrogormonlar hosil boiishi kuchayadi. Mazkur jarayonda nerv sistemasining simpatik bo'limi, ichki sekretsiya-ning ba'zi boshqa bezlari va gormonlari (adrenalin, tiroksin va boshqalar) ishtirok etadi. AKTG buyrak usti bezlari po'stlog'ini stimullaydi va unda organizmning noqulay omillarga moslanishida muhim rol o'ynaydigan glukokortikoidlar ko'proq hosil bo'lishiga olib boradi.
G. Sele aytgan umumiy adaptatsion sindromning uchta rivojlanish bosqichi bor. Birinchi bosqichi «xavotirlik, ya'ni trevoga reaksiyasi» buqoq bezi, taloq va limfa tugunlari massasining kamayib borishi bilan xarakterlanadiki, bu buyrak usti bezlari po'stlog'ining faolligi kuchayishiga va qonga glukokortikoidlar otilib chiqishiga bog'liqdir. Ikkinchi bosqich rezistentlik bosqichida buyrak usti bezlarining po'stlogi gipertrofiyalanib, glukokortikoidlarni mudom zo'r berib ishlab chiqarib turadi. Mana shu bosqichida, odatda, organizmning noqulay omillarga chidami kuchayadi. Stressor omil ta'siri to'xtasa, u holda organizmning ahvoli me'yorlashadi. Taassurot o'rtacha bo'lib, takror-takror kor qiladigan bo'lsa, kuchaygan chidam mustahkamlanib qolishi mumkin (chiniqish). Biroq, patogen omil haddan tashqari zo'r yoki uzoq ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi mumkin, bunda buyrak usti bezlari funksiyasi tugaydi va organizm halok bo'lib ketishi mumkin. Mana shu uchinchi bosqich — holdan toyib tugash bosqichidir. Shunday qilib, umumiy adaptatsion sindrom organizmning kompleks himoya reaksiyalaridir, bular, xususan gipofiz va buyrak usti bezlari po'stlog'i tufayli ro'yobga chiqadi.
Gipofiz oldingi bo'lagining ichki sekretsiyasini gipotalamus yadrolari nerv hujayralarida faol moddalar — neyrosekretlar hosil qilish yo'li bilan idora etib boradi. Neyrosekretlar qonga o'tib, qon oqimi bilan to'g'ridan-to'g'ri gipofiz oldingi bo'lagi hujayralariga keladi va ularning faoliyatini o'zgartiradi. Mana shu faol moddalar ajratuvchi omillar, rilizing-omillar deb nom olgan. Ular AKTG, somatotrop, tireotrop va gonadotrop gormonlar hosil bo'lishi va ajralib chiqib turishiga olib keladi. Rilizing-omillar gipotalamusdan unga keladigan nerv signallari ta'siri ostida ajralib chiqadi. Gipotalamus gipofiz bilan juda mahkam bog'langan. Organizmdagi vegetativ funksiyalarning idora etilishi yagona neyrogumoral sistema bo'lib, uning oliy markazi gipotalamusdir.
Gipofizning oraliq bo'lagi. Gipofizning bu bo'lagi melanositlatni stimullovchi gormon (intermedin) ishlab chiqaradi. Odamda bu gormon teri pigmentatsiyasi regulatori bo'lib hisoblanadi. Badan terisining pigmentatsiyadan mahrum boigan, ya'ni rangi yo'qolgan joylariga intermedinni teri orasiga yuborib turish asta-sekin teri rangini asliga keltiradi.
Gipofizning orqa bo'lagi. Orqa boiagidan ikkita gormon: antidiuretik gormon (yoki vazopressinjr va oksitosin ajratib olingan. Bular gipotalamus yadrolarida sintezlanib, nerv tolalari bo'ylab gipofizning orqa bo'lagiga o'tadi va shu joyda to'planib turadi. Antidiuretik gormon yetishmovchiligi yoki gipofiz orqa bo'lagi funksiyasining susayib qolganligi qandsiz ko'p siyish degan hodisaga dlib keladi. Ayni vaqtda tarkibida qand bo'lmaydiganjuda ko'p miqdor siydik chiqadi va odam qattiq chanqay-veradi. Bemorlarga gormon yuborish siydik chiqishini me'yorllashtiradi. Antidiuretik gormonning ta'sir mexanizmi buyraklar-dagi yig'uvchi naychalar devorlaridan suvning zo'r berib qayta so'rili-shidan iborat. Oksitosin homiladorlikning oxirlarida bachadon silliq mus-kulaturasining qisqarishini kuchaytiradi. Tug'ruq me'yorda o'tishi uchun organizmda oksitosin bo'lishi zarur. Antidiuretik gormon bilan oksitosin oktapeptidlar bo'lib hisoblanadi va hozir sintetik yo'l bilan olingan.
TO'QIMA GORMONLARI
Bu gormonlar fiziologik faol moddalar jumlasidan bo'lib, o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi va turli organlarda joylashgan alohida, ya'ni ixtisoslashgan hujayralarda ishlanib chiqadi. Bular qonga o'tishi ham mumkin bo'lsada, ko'pincha mahalliy tarzda o'zi ishlanib chiqqan joy-dan kichik masofada ta'sir ko'rsatadi. Fiziologik jihatdan faol boiadi-gan ushbu moddalar tuzilishi va organlarga ko'rsatadigan ta'siri nuqtayi nazaridan olganda bir xil emas, ammo to'qima gormonlari degan umumiy nom bilan birlashtiriladi. Ular me'yor va patologiya sharoitlarida turli-tuman fiziologik va almashinuv jarayonlarini idora etib boradi. To'qima gormonlari jumlasiga quyidagi moddalar kiradi.
Me'da-ichak yo'li gormonlari ovqat hazmi vaqtida chiqadi: sekretin, gastrin, xolesistokinin va boshqalar shular jumlasi-dandir.

Yüklə 121,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin