Mavzu: mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati



Yüklə 71,5 Kb.
səhifə1/3
tarix18.09.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#145044
  1   2   3
1-mavzu

MAVZU: MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI EVALYUTSIYASI HAMDA JAMIYATDAGI AHAMIYATI.


REJA:
1. Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari.
2. Axborot madaniyati tushunchasi mazmun mohiyati.
3. Axborot olish va foydalanish metodlari.
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o’zagini bilish zarur. «Media» atamasi (lotincha - medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko’rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o’rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi.
«Media - ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo’ljallangan ko’ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo’naltirilgan ko’p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiya kanallaridir».
Axborot savodxonligiaxborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo’yicha ko’nikmalar va malakalar majmuini bildiradi.
Media savodxonlik media funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o’z-o’zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg’u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi bog’liq bo’lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud.
Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqi-qotlar sohasi sifatida ko’rishadi. Ikkinchi maktab namoyon-dalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo’lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar.

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin