Mehnat bozori – bozor iqtisodiѐti tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, unda boshqa bozorlar: xomashѐ, materiallar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar bilan birga faoliyat ko‘rsatadi.
Umuman, mehnat bozori deganda, bozor iqtisodiѐtining umumiy kichik tizimi tushunilib, unda, bir tomondan – ish beruvchilar (ishlab chiqarish vositalarining egalari), ikkinchi tomondan – ѐllanma ishchilar o‘zaro aloqada bo‘ladi. Bu o‘zaro munosabatlar natijasida ishchi kuchi taklifi va unga talabning hajmi, tuzilmasi va nisbati shakllanadi. Mehnat bozorining tarkibiy qismlari quyidagilardir: Mehnatga talab
Mehnat taklifi
Ishchi kuchi narxi 4. Ishchi kuchi qiymati 5. Raqobat.
Mehnatga talab – mehnat bozorida bor bo‘lgan ishchi kuchiga ijtimoiy ehtiѐjlarning umumiy hajmini aks ettiradi.
Mehnatning taklifi – ishchi kuchining soni va tarkibi (jins, ѐsh, ma’lumot, kasb, malaka va boshqalar) bilan ifodalanadigan umumiy miqdori.
Ishchi kuchi narxi – unga to‘lanadigan ish haqi.
Ishchi kuchi qiymati – uni qayta tiklash uchun sarflanadigan ijtimoiy chiqimlar, ya’ni iste’mol qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklar hajmi bilan aniqlanadi. Mehnat bozorining ishlashidagi asosiy mexanizm – serunum ishchi kuchi jalb qilishga intiluvchi ѐllovchilar bilan ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimidagi bo‘sh ish joylarini egallashga intilaѐtgan ishchilar, shuningdek, mehnat bitimi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha ishchilar bilan ѐllovchilar o‘rtasidagi raqobat hisoblanadi.
SHunday qilib, mehnat bozori tovar bozorining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning farqlovchi xususiyati bu bozorda tovarning maxsus turi – ishchi kuchi ѐki kishining mehnat qilish qobiliyati sotilishidir.
Mehnat bozori iqtisodiy tushuncha sifatida bu tovarning egalari (ѐllanma ishchilar), ayni vaqtda uning sotuvchilari ham hisoblanadiganlar bilan xaridorlar (ish beruvchilar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni aks ettiradi. Bu o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xos xususiyati va jamiyat uchun muhimligini nazarda tutib, ular mehnat qonunchiligida yuridik rasmiylashtiriladi.
Quyidagilar mehnat bozorining asosiy sub’ektlari hisoblanadi:
-ishlab chiqarish vositalarining egalari va ularning manfaatlarini ifodalovchi organlar (tadbirkorlar uyushmalari);
-ѐllanma ishchilar va ularning manfaatlarini aks ettiruvchi tashkilotlar (kasaba uyushmalari, xodimlar kengashlari);
-davlat (o‘zining turli tuzilmalari timsolida) ish beruvchilar bilan ѐllanma ishchilar o‘rtasidagi vositachilar sifatida.
SHunday qilib, mehnat bozorining asosiy sub’ektlari orasida davlatga – ѐllash munosabatlarining ishtirokchisi, ish beruvchilar bilan ѐllanma ishchilar o‘rtasidagi vositachi va bu sohada bozor munosabatlari ishining bosh tashkilotchisi sifatida muhim rol ajratilgan.
Bozor iqtisodiѐti sharoitida mehnat bozori bir qator ijobiy taraflarga ega:
-zamonaviy ehtiѐjlarga javob beradigan ishchi kuchini qayta tiklashda muhim rol o‘ynaydi;
-ishchi kuchini tarmoqlar va hududlar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni ta’minlaydi;
-ish kuchining harakatchanligi (mobilligi)ni oshiradi; -mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantiradi va boshqalar.
Mehnat bozorining ijobiy vazifalari uning ishlashi va ichki tuzilmasi bilan bog‘liq ichki mexanizmlar ta’siri vositasida amalga oshiriladi.
Mehnat bozori dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagilardir:
-demografik, u aholining soni, undagi iqtisodiy faol aholining salmog‘i, uning harakatchanligi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
-ijtimoiy, uning tarkibiga turmush darajasi, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi, ijtimoiy sheriklik munosabatlarining rivojlanganlik darajasi va boshqalar kiritiladi.
-tashkiliy-huquqiy – u davlat muassasalarining mehnat va aholi bandligini tashkil etishdagi rolini, mehnat sohasi va tadbirkorlikning xuquqiy bazasi ishlab chiqilganligi hamda uning sifatini va boshqalarni ifodalaydi.