Mehnat bozorini segmentlash – bu bozorni tuzilmalarga ajratishdan kelib chiqadigan ob’ektiv jaraѐn bo‘lib, unda jamiyat rivojlanishining siѐsiy-iqtisodiy va ijtimoiy omillari ta’sirida mehnat bozorining har bir xodimlar toifasi xususiyatlaridan kelib chiqib turli xarakteristikalari bilan farqlanuvchi alohida subbozorlar ѐki segmentlarga tabiiy bo‘linishi sodir bo‘ladi.
Mehnat bozori segmentatsiyasini o‘rganishda odatda uchta belgidan foydalaniladi: kasbiy-tarmoq, malaka-ish haqi va ijtimoiydemografik. Bu belgilarni biriktirish orqali xodimlar faoliyati sohasining ustuvorligi hamda moddiy ta’minlanganlik darajasi bilan farqlanuvchi turli guruhlarni ajratish mumkin:
ish bilan bandlik kafolatlarining darajasi anchagina yuqori va daromadlarning o‘sishi inflyasiya hamda umumiy iqtisodiy o‘sishdan ortiq bo‘lgan rivojlanaѐtgan tarmoq va faoliyat sohalarida band bo‘lgan nodir yuqori malakali xodimlar guruhi;
ish bilan bandlik kafolatlari yo‘q ѐki kam bo‘lgan va daromadlar inflyasiya sur’atlari bilan qiѐslanadigan darajada bo‘lgan qisqaraѐtgan ѐki rivojlanmaѐtgan faoliyat sohalaridagi ortiqcha yuqori malakali xodimlar guruhi;
ish bilan bandlik nisbatan barqaror, daromadlar darajasi inflyasiya sur’atidan ortda qolaѐtgan, ijtimoiy quvvatlanishga muhtoj bo‘lgan rivojlanaѐtgan faoliyat sohalaridagi nodir malakali va past malakali xodimlar guruhi;
ish bilan bandlik kafolatlari yo‘q ѐki kam bo‘lgan va daromadlar darajasi inflyasiya sur’atidan ancha orqada qolaѐtgan, qisqaraѐtgan ѐki rivojlanmaѐtgan faoliyat sohalaridagi ortiqcha malakali va past malakali xodimlar guruhi;
-yuqorida aytilgan toifalarning har qandayiga mansub bo‘lgan, ammo ayni vaqtda ijtimoiy zaif guruhlar qatoriga kiradigan, mehnat potensialidan foydalanish imkoniyatlari cheklanganligi tufayli bandlik kafolatlari va daromadlar darajasi u ѐki bu me’ѐrda past bo‘ladigan xodimlar.
Segmentlash mehnat bozorini bandlik va ishsizlik, ѐllanma ishchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi raqobat nuqtai nazaridan xodimlarning har bir toifasi bo‘yicha aniq baholash, ya’ni subbozor ichidagi muvozanatning xususiy shart-sharoitlarni aniqlash imkonini beradi.
Mehnat bozorini o‘rganishda mehnatga talab odatda turtta asosiy daraja kechmasida ko‘rib chiqiladi:
-alohida korxona, tashkilot;
-tarmoqlar;
-mintaqalar;
-umumiy iqtisodiѐt.
Bu tuzilmalar amalda bo‘lgan sharoitlarda bozorning, umuman ijtimoiy ehtiѐjlarni aks ettiradigan muvofiq keluvchi segmentlash bo‘lib o‘tadi.