Mavzu: Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy yo nalishlari Reja


Mehnat iqtisodiyoti fani nisbatan yangi fanlar guruhiga kiradi. Bu fan iqtisodiyot nazariyasining bir bo’limini tashkil etgan bo’lib, u o’tgan asrning 70-yillarida alohida fan sifatida shakllandi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#119091
1   2   3   4   5   6   7   8
9-2 kumush mehnat iqt

Mehnat iqtisodiyoti fani nisbatan yangi fanlar guruhiga kiradi. Bu fan iqtisodiyot nazariyasining bir bo’limini tashkil etgan bo’lib, u o’tgan asrning 70-yillarida alohida fan sifatida shakllandi.

Mehnat iqtisodiyoti fanining obyekti – mehnat, ya‘ni insonning moddiy ne‘matlar yaratish va xizmatlar ko’rsatishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq innovatsion faoliyatidir. Amaliyotda mehnat muammmolari chuqur ixtisoslashgan. Mehnatda yuqori natijalarga erishish uchun faqat iqtisodiy mezonlardangina emas, balki «raqamli iqtisodiy» kabi ijtimoiy omillardan keng foydalanish zarur. Innovatsion mehnat sharoitlari, mehnat tashkil etish, moddiy rag’batlantirish kabi kategoriyalar faqat iqtisodiy xususiyatlarga emas, ayni paytda ijtimoiy xususiyatlarga ham egadir.

Mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish, mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi, aholining ish bilan bandligi va ishsizlik, aholining turmush darajasi va daromadlari, xodimlarning ish haqini tashkil etish, bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnat unumdorligi, mehnat ko’rsatkichlarini tahlil etish Mehnat iqtisodiyotining mazmunini tashkil qiladi.

Mehnat iqtisodiyoti fanining asosiy maqsadi – iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida mehnat jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish, uning nazariy va amaliy asoslari va rivojlanish tendensiyalarini baholanishi va monitoringi bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda mazkur fan bo’yicha mustahkam bilim, ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga mehnat jarayonlarini tashkil etish, mehnat salohiyati, resurslarning mohiyati, mazmuni va shakllanish jarayonini ko’rsatib berish, mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari hamda zaxiralarini aniqlash, bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining mohiyati, ahamiyati, nazariy asoslari, tasnifi va segmentatsiyasini ifodalash, bozor munosabatlari sharoitida aholini ish bilan bandligi muammolari va ularning yechimini topish, ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, tarkibi, tuzilishi va ularni aniqlash, xodimlar mehnatini baholash va ish haqini tashkil etish tizimini o’rganish, ijtimoiy sherikchilikning mohiyati, ahamiyati, asosiy maqsadi, elementlari, tamoyillari va tashkil etish yo’llarini o’rganish, ish haqi shakllari vauni taqsimlash tahlili hamda mehnat unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilini o’rganish, bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tashkil etish yo’llarini o’rgatishdan iborat.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin