O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI «Iqtisodiyot va turizm » fakulteti «Mehnat iqtisodiyoti » FANIDAN MUSTAQIL ISHI O’qituvchi : Bakayeva M Tuzuvchi: 9-2 IQTS-20 guruh talabasi Boboyeva Kumush
Mavzu: Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy yo nalishlari
Reja:
1. «Mehnat iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni.
2. «Mehnat iqtisodiyoti» fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Insonning mehnat faoliyati jamiyatidagi ijtimoiy mehnat munosabatlari mehnat iqtisodiyoti fanining o’zagini tashkil etadi.
Mehnat iqtisodiyotida mehnat faoliyatini baholash va unga haq to’lash, ishga joylashish va ishdan bo’shash hamisha nizolar paydo bo’lishi ehtimoli yuqori bo’lgan ijtimoiy mehnat munosabatlarini echishi bilan bog’liqdir. Mehnat iqtisodiyoti asoslarini chuqur egallash juda muhim ijtimoiy muammolarni anglab etishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ana shu ma‘noda mehnat iqtisodiyoti davlatning mehnat sohasidagi iqtisodiy siyosatining ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida har qanday iqtisodiy munosabatlar tizimida xo’jalik yuritishning hamda institutsional o’zgarishlarning yangi mexanizmi shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyotning turli sohalarida xo’jalik yuritadigan subyektlarning huquqlari va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomlari qonun yo’li bilan mustahkamlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishning an‘anaviy resurslarga asoslangan modelining yagona muqobil varianti sifatida texnika-texnologiyalar, iqtisodiy natijalar va butun jamiyat hayotini doimiy yuksaltirish maqsadida insonlarning bilim va salohiyatidan samarali foydalanishga asoslangan innovatsion rivojlanish strategiyasi mos keladi.
Jahon amaliyotidan ma‘lumki, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida har qanday mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida turli xil ko’rinishdagi nobarqarorlik, yani aholini rasmiy ish bilan bandlik darajasining qisqarishi, ochiq va yashirin ishsizlik darajasining yuqoriligi, iqtisodiy faol aholini barcha guruhlarida norasmiy ish bilan bandlik darajasining o’sishi, ishchi kuchi sifatini pasayishi kabi tendensiyalar namoyon bo’ladi. Mutaxasislarning fikricha, ushbu holatda ishlab chiqarish sohasida ishlovchi malakali mutaxassislar soni keskin qisqarish jarayoni sodir bo’ladi. Bundan tashqari mamlakat iqtisodiy rivojlashining davriyligi, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash hamda qayta shakllantirilishi doimiy tarzda ishchi kuchini miqdor va sifat jihatidan yangilanib borishini taqozo etadi.