Mavzu: Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy yo nalishlari Reja



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#119091
1   2   3   4   5   6   7   8
9-2 kumush mehnat iqt

Mehnat bozori infratuzilmasi – ish beruvchi va yollanuvchi o’rtasidagi eng samarali o’zaro hamkorlikni ta‘minlaydigan davlat, nodavlat, jamoat tashkilotlari va jamg’armalari kabilardir. Infratuzilma ish kuchining bahosi, mehnat sharoiti, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xususida ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, mehnat bozorida ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar huquqlarini himoya qilish jarayonlarini tashkil etishi va tartibga solishi lozim.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshdan kechirayotgan mamlakatlar singari O’zbekistonda ham mehnat bozorini samarali boshqarish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog’liq yechimini topish lozim bo’lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiylari sifatida mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining mezonlari va ko’rsatkichlarini aniqlash, davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini ta‘minlash, nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarini yaratish, mehnat bozorida hududiy axborot tizimlarini takomillashtirish, mehnat bozori infratuzilmasining rivojlanish istiqbollarini belgilash kabi muammolarni alohida qayd etib o’tish lozim.

O’zbekistonda keng ko’lamli va chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlarning dastlabki natijalari aholi hayoti va kundalik turmushida o’zining yaqqol ifodasini topmoqda va buning natijasida el-yurtning ijtimoiy faolligi ertangi kunga ishlonchi tobora ortib bormoqda. Bunday ijtimoy faollikka ijtimoiy-mehnat munosabatlarini muttasil takomillashtirib borish mehn0atni makroiqtisodiyot, tarmoq va korxonalar miqyosida samarali tashkilqilish, ya‘ni har qanday mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan mehnat omilidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Jahon taraqqiyotida rivojlanishning asosini tashkil etuvchi inson omili yetakchi omil sifatida namoyon bo’lmoqda. Uni o’rganish natijasida esa mehnat iqtisodiyoti ijtimoiy mehnat taqsimotining alohida yo’nalishi sifatida shakllandi va ijtimoiy mehnat munosabatlarini o’rganish alohida yo’nalishdagi fan bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda mehnat iqtisodiyoti fani muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mamlakatda aholining turmush darajasi va farovonligini oshirishga ularning ish bilan ta‘minlash muammolarini muvaffaqiyatli hal etish bilan erishish mumkin.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin