Ilm-fan metodologiyasi deyilganda, uni bilish va o’rganish faoliyatining shakllari va usullari majmuasi tushuniladi. Shu fan bo’yicha masalani o’rtaga tashlash, tadqiqot mavzusi va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya‘ni o’rganilayotgan obyektga muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyani qo’llashning eng muhim tomoni hisoblanadi.
Demak, metodologiya – bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo’li, voqelikni amaliy va nazariy o’zlashtirish usullari majmuasidir.
Mehnat iqtisodiyoti fanining eng muhim muammolarini o’rganishda quyidagi bir qator aniq usullardan foydalaniladi. Bular jumlasiga mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez, monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va u bilan bog’liq bo’lgan normativ usul, ehtimollar), iqtisodiy matematik modellashtirish, optimallashtirish, ekspert baholash, sotsiologik tadqiqot, aqliy hujum, tajribaviy usullar kiradi.
Mehnat iqtisodiyoti fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o’rganish, tahlil qilish bu fanni o’rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.
Shunday qilib, mehnat iqtisodiyoti fani, bir tomondan, real mavjud bo’lgan voqelik haqidagi bilimlarni kengaytirishga, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlik sohasida kechadigan yangi aloqalar va jarayonlarni qaror toptirishga yordam beradi.
Mazkur fanning metodologik asosi bo’lib, iqtisodiy nazariya, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, mehnat bozori iqtisodiyoti, institutsional iqtisodiyot fanlari hisoblanadi.
Mehnat iqtisodiyoti fan sifatida mehnat va mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat va mehnat faoliyati murakkab va ko’p qirrali ijtimoiy hodisa bo’lganligi sababli u ko’pgina fanlar tomonidan o’rganiladi (1.2-rasm).
Mehnat faoliyatini tadqiq qilish doirasi kengayib borgan sari bu sohada fanning yangi yo’nalishlari ham ko’paymoqda. Hozirgi vaqtda ular qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: