Mavzu: Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy yo nalishlari Reja


Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/8
tarix21.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#119091
1   2   3   4   5   6   7   8
9-2 kumush mehnat iqt

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi uchun mehnat taqsimoti va mehnatni maqbullashtirish kategoriyalari, xodimlarning malaka darajasi, xodim mehnat faoliyatini rag’batlantirish, ish bilan bandlik, mehnat migratsiyasi kabilar umumiy hisoblanadi.

Ishchi kuchi tovar bo’ladigan bozor xo’jaligi tizimida o’z jismoniy kuchiga ega bo’lgan xodimlarning ish o’rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orqali ro’yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni amalga oshadi.

Mehnat iqtisodiyoti fanida amalga oshadigan ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy munosabatlar mehnat bozori fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o’rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko’ruvchilar va ish beruvchilarning manfaatlari to’qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lib, ular mamlakat aholisi ko’pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo’ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to’lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo’lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.

Aholining ish bilan bandligi uning takror ishlab chiqarilishi uchun zarur shartdir, chunki kishilarning turmush darajasi, kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, ularni ishga joylashtirishga, ishdan mahrum bo’lib qolgan kishilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab turishga sarflanadigan xarajatlarning barchasi ana shu aholining ish bilan bandligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham aholining ish bilan bandligi, ishsizligi, mehnat faoliyati uchun zarur resurslar va umuman mehnat bozori singari muammolar mamlakat iqtisodiyoti uchun dolzarb bo’lib, ular tarmoqlararo funksional tizim hisoblanadi.

Bozor munosabatlari rivojlanishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida muayyan iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi infratuzilmaning mavjudligi, infratuzilmaning mehnat munosabatlarining barqaror rivojlanishiga ijobiy ta‘siri, mehnat sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko’mak va imkon berishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham mehnat bozorining to’laqonli faoliyat ko’rsatishi uchun uning infratuzilmasini rivojlantirish kerak.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin