Mavzu: mehnat munosabatlari va ularning o’zbekistonda tartibga solinishi


-bob: O’zbekistonda mehnat munosabatlari va tartibga solish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə3/5
tarix14.02.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#84329
1   2   3   4   5
Kamoladdin tayyor

2-bob: O’zbekistonda mehnat munosabatlari va tartibga solish.
2.1 O’zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solinishi.
O’zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlari asosiy Mehnat kodeksi yordamida tartibga solinadi.
Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. OʻzR Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dek.da qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Mehnat kodeksi 58-modda:,,Mehnat qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari’’ da davlat ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini, ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni, maqul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni, har kimga kasbga va ishga ega bo’lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart- sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog’onasidan yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni, yangi kasbg (mutaxasislikka) bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi bilan boshqa o’quv yurtlarida stipendiya to’lab malakasini oshirishni, boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq kompentatsiya to’lashni, haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini kafolatlaydi. Ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to’grisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo’yiladi.
2020-yil 7- sentabrda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandiAmaldagi Mehnat kodeksi 23 yil oldin kuchga kirgan edi va vaqtinchalik dastur sifatida ko‘rilayotgan edi. Parlament quyi palatasining yig‘ilishida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, ish bilan ta’minlash, individual mehnat munosabatlari, ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish kabi qoidalar kiritilishi kutilmoqda.
4 sentyabr kuni parlament quyi palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitalari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi» qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi, deya xabar berdi Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati. Unga ko‘ra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ustida ish boshlandi.
«Amaldagi Mehnat kodeksi zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmasligi, ish beruvchilarni, xususan, qo‘shimcha odamlarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan moslashuvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratmasligi, bugungi kunda mahsulot, tovarlar va xizmatlar uchun mavsumiy talabning oshib borishi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini qabul qilish zaruratini tug‘dirmoqda», — deyiladi qonunchilik palatasi xabarida.
So‘nggi yillarda ish bilan band bo‘lganlar soni 1,5 barobarga (8,8 mlndan 13,5 mln gacha), ish beruvchilar soni 4,5 barobarga (203,2 mingdan 928,9 minggacha) oshdi. Bu esa ish beruvchi va xodimlarning o‘zaro munosabatlari faol rivojlanish talablarini hisobga olgan holda mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirib borishni talab etadi.
Qonun loyihasining mualliflarining ta’kidlashicha kodeksning yangi tahririga quyidagi qoidalar kiritiladi:
- ish bilan ta’minlash;
- individual mehnat munosabatlari;
- ishchilarni kasbga tayyorlash;
- qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ma’lum bir toifadagi ishchilar mehnatiga buyurtma berish xususiyatlari;
- ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish;
- mehnatga oid nizolarni ko‘rib chiqish.
Mehnat kodeksining yangi tahriri bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarining muvozanatini ta’minlash, ularni ijtimoiy hamkorlikka jalb qilish, tomonlarning mehnatning natijadorligiga qiziqishini rag‘batlantirish, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat qonunchiligini tatbiq qilishi ko‘zda tutilmoqda.
«Yangi tahrirdagi Kodeks loyihasi xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi yakka tartibdagi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat munosabatlarini tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Unda ish beruvchi sub’ektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar tashkilotlar, yollash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalari hamda jismoniy shaxslar belgilanmoqda. Mazkur qoidaning belgilanishi ishchi o‘rinlarining ko‘payishiga, norasmiy sektorda faoliyat olib boruvchi shaxslarning qisqarishiga hamda ularning huquqlari doimiy ravishda himoya qilinishiga olib keladi. Shu bilan birga, hujjatda mehnat shartnomasini tuzish bilan bog‘liq ayrim munosabatlar takomillashtirilmoqda», ― deydi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev.
Amaldagi Mehnat kodeksi 294 moddadan iborat bo‘lib, 1995 yili 12 dekabrda qabul qilingan.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Loyihaning ishlab chiqilishi qator sabablar bilan izohlanadi:
birinchidan, amaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda ishlab chiqilgan va quyidagi kamchiliklarga ega:
mehnat va jamoat munosabatlarini huquqiy tartibga solish doirasining aniq ta’rifi yoʻqligi;
xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini taminlamaydigan, ularning tashabbusiga toʻsqinlik qiladigan, bozor iqtisodiyoti talablarini inobatga olmaydigan qoidalar mavjudligi;
juda koʻp malumotnomalar, koʻpincha manzilsiz havolalardan asossiz foydalanish;
ishchilarning ayrim toifalari (uyda ishlovchilar, jismoniy shaxslarda mehnat faoliyati bilan shugʻullanadigan ishchilar, shuningdek хususiy tadbirkorlarda ishlaydigan ishchilar, kollegial ijro etuvchi organlari azolari, oʻrindoshlar, mavsumiy ishchilar, masofaviy ishchilar) mehnatini tartibga solish xususiyatlariga etarlicha e’tibor bermaslik;
fuqarolik, oilaviy va boshqa bir qator huquq sohalarida qonunchilik hujjatlariga zid boʻlgan qoidalarning mavjudligi;
mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat va jamoat nazorati masalalariga, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonun hujjatlari me’yorlarini hisobga olgan holda tegishli e’tiborning yetishmasligi;
Mehnat kodeksining ayrim qoidalarining xalqaro huquq me’yorlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan bazi xalqaro shartnomalarga mos kelmasligi.
ikkinchidan, amaldagi Mehnat kodeksi 2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida, ayniqsa, tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, ish bilan taminlashning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, kasb-hunarga oʻqitish tizimlarini joriy etish, mehnat munosabatlarini tartibga solishning yangi vositalarini aks ettirmaydi, shuningdek mehnat munosabatlari sohasidagi zamonaviy AKTni joriy qilish koʻzda tutmaydi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi ikki qismdan, 34 bobdan va 621 moddadan iborat (amaldagi MKda - 294 modda). Umumiy qism barcha mehnat qonunchiligi institutlari uchun muhim boʻlgan asosiy jihatlarni birlashtirgan.
MKning alohida qismi mehnat qonunchiligining ayrim institutlariga bagʻishlangan:
- individual mehnat munosabatlari;
- xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ayrim toifadagi ishchilarning mehnatini tartibga solish xususiyatlari;
- ishchilarning mehnat huquqlarini himoya qilish;
- mehnat nizolarini koʻrib chiqish.
"Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida"gi va "Aholini ish bilan taminlash toʻgʻrisida"gi qonunlarning qabul qilinganligini hisobga olgan holda, MKga "bandlik" boʻlimi kiritilgan boʻlib, unda amaldagi qonunchilik me’yorlarini takrorlamasdan, asosiy e’tibor ish beruvchining huquq va majburiyatlari, bandlik sohasida asosiy kafolatlarga qaratiladi.
Mehnat Kodeksining alohida boʻlimi individual mehnat munosabatlariga bagʻishlangan: mehnat shartnomasi, ish vaqti, dam olish vaqti, ish haqi va mehnat me’yori, kafolat va kompensasiya toʻlovlari, mehnat intizomi, mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi, mehnatni muhofaza qilish.
Mehnat kodeksining yangi tahririda ijtimoiy va huquqiy himoyani kuchaytirishga muhtoj ishchilarning ayrim toifalari - ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shugʻullanadigan shaxslar, 18 yoshga toʻlmagan ishchilar, nogironlar, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari aks etgan.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin