ISHNING MAQSADI: Yong‘in sodir bo‘lganda o‘qituvchini harakatining tartibi va ketma-ketligini o‘rganish.
Berilgan bino uchun evakuatsiya rejasini ishlab chiqish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI: Adabiyotlardan yong‘in sodir bo‘lganda qilinadigan harakatlar ketma-ketligi o‘rgatiladi.
Yong‘in sodir bo‘lganda qilinadigan harakat odamlarni evakuatsiya qilish rejasi bilan tanishtiriladi.
Yong‘in sodir bo‘lishda quyida keltirilgan odamlarni evakuatsiya qilinishining taxminiy instruktsiyasi tanishtiriladi.
Yong‘in sodir bo‘lganda o‘qituvchining topshirig‘i bilan insonlarni evakuatsiya qilish rejasini chizish, hamda unga doir yo‘riqnomani tuzish.
ISH UCNUN KERAKLI JIHOZLAR: 1.Tartibli ko`chirish rejasi
2.Tartibli ko`chirish chizmasi
3.Belgilangan bino uchun yo‘riqnoma.
NAZARIY MA’LUMOT: Ko`tilmaganda va birdan yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarda (yong‘in portlash, halokat, yer qimirlashi) korxonadan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunday sharoitda, qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga yo‘naltirish kerak bo‘ladi.
Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo‘lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatligi ekanligiga bog‘liq.
Evakuatsiya yo‘llarining eni 1 m dan eshiklarning eni 0,8 m buyi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Evakuatsiya yo‘llari bo‘lgan karidorlar zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi. Zinapoyalarda to`tun to‘planmaydigan bo‘lishi, yaьni to`tunning chiqarib yuborishi uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni taьminlovchi texnik vositalarga ega bo‘lish kerak yoki zina kataklari ichkari tomondan yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan binodan ajratilgan bo‘lib tashqi tomondan yoritiladigan bo‘lishi mumkin.
Har xil balandlikdagi binolar uchun yong‘inga qarshi narvonlar o‘rnatilishi kerak.