2.4. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan xarajatlarni hisobga olish Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga rezerv qilinadigan summani va ijtimoiy sug’urta
bo’yicha ajratmalarni hisobga olishda O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va
to’lash tartibi to’g’risida” gi nizomni tasdiqlash to’g’risida buyrug’i (O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil mayda ro’yxatdan o’tkazilgan.Ro’yxat
raqami 1136) asosida tartibga solinadi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layokatsizlik
bo’yicha nafaqalar to’lash chegarasini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori ijrosini
ta’minlash maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2001 yil 13 fevralidagi PF-2810-son Farmoni, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son, 1997 yil 20 martdagi
153-son, 1997 yil 6 iyundagi 286-son, 2000 yil 15 noyabrdagi 444-son, 2000 yil 23
dekabrdagi 498-son, 2001 yil 24 avgustdagi 351-son karorlariga muvofiq ishlab chikilgan
bulib, davlat ijtimoiy sugurtasi bo’yicha nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini belgilab
beradi.
Mazkur Nizomda ko’zda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
mablag’lari hisobidan ijtimoiy sugurta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
• vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik uchun;
• homiladorlik va tug’ish uchun;
• bola tug’ilgani uchun;
• qo’shimcha dam olish kuni uchun;
• dafn etish marosimi uchun.
Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug’ish
ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug’ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat
qilinganda to’lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun
murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) kunlari xodimning
ishdan noqonuniy bo’shatilgan to’g’risida nizo ko’rilayotgan davrga to’g’ri kelgan hollarda,
u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish
huquqiga ega bo’ladi. Nafaqa oyiga bir marta-oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga
to’lanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, muassasa, tashkilot (bundan buyon-xo’jalik yurituvchi
sub’ekt)lar tomonidan ish joyida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining
ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq xarajatlanishi ustidan nazorat
qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilgan:
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda)
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;
• karantinda;
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda;
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) ko’ydirish uchun reabilitatsiya
muassasalariga yotkizilganda.
Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, Chernobil AES falokati
okibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom
ettirish uchun davolash muassasalaridan o’tkir miokard infarqti bilan kasallangan, jarrohlik
uslubi bilan yurakning aorta-ko-ronar shuntovkasi va o’t pufagini olib tashlashdan keyin
bevo-sita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan origanlarga nafaqa
sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi.
o’n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga
(homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun
(sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi
to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani
parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bulib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan
hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki karidoshlariga
(mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga karash bo’yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi bemor birovning parvarishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan
davr uchun beriladi.
O’n to’rt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan
oshmagan davr uchun beriladi.
1Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish
yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish
bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida tuzilgan mehnat shartnomasida
ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligida tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar
yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ishlayotgan Ikkinchi jaxon urushining nogironlariga va im-tiyozlari jixatdan ularga
tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AES dagi falokat yoki uning okibatlarini
bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan
shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari
yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi).
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda
mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la sog’aygunga yoki
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruhi qayta ko’rib
chiqilgunga qadar to’lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa shaxs to’la
sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi.
Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasaligi okibatida nogiron nafaqa
mazkur bandda belgilangan muddatlarga to’lanadi.
Vaqtincha mehnatga kobiltyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa
to’lanmaydi:
• ish haqi saklanmagan ta’til;
• bolani parvarishlash bo’yicha ta’til;
• ish vaqtincha to’xtatilgan;
• xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib qo’yilganligi sababli
ishlamagan;
• xarbiy o’quv yoki tekshiruv yigini;
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida taxsil olish munosabati bilan
berilgan qo’shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim
ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
• ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z salomatligiga ataylab ziyon
etkazgan yoxud uzini kasallikka solganda; • giyohvandlik yoki mastliik bilan bog’liq harakatlar okibatida, shuningdek, spirtli va
giyoxvandlik moddalarini iste’mol qilish uchun natijasida kasallika
chalinganda(jaroxatlanganda);
• jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
• sud karori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruxiy kasallardan tashqari);
• hibsda bo’lgan davrda;
• sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan kat’i nazar
ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarda to’lanadi:
• ishlayotgan Ikkinchi Jahon urushi katnashchilariga;
• baynalmilal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
• qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan ortiq bolalari
bo’lgan xodimlarga;
• Chernobil AES dagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
• Chernobil AES dagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya
qilingan va ko’chirilgan, kon hosil kiluvchi organlar kasalliklari (utkir leykoz)
• kalkonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan
xodimlarga;
• mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz
bo’lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari,
yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklar, SPID,
moxov(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular
tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining)
davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha mehnatga kobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi
miqdorlarda to’lanadi:
• umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga- ish haqining 100 foizi
miqdorida;
• umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 80 foizi miqdorida;
• umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga-ish haqining 60 foizi miqdorida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng
kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori
bo’lmasligi lozim. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat
daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot
bo’limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga
muvofiq aniqlanadi.
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy ish stajini hisoblash
tartibi.
Umumiy ish staji belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasi yoki uning
o’rniga berilgan boshqa hujjat asosida aniqlanadi.
Umumiy ish staji to’g’risidagi hujjatlar bo’lmaganda ish davri guvohlar ko’rsatmasi
asosida belgilanadi.
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to’g’risidagi
hujjatlar to’liq yoki qisman saqlanmagan bo’lsa, ish stajini tasdiqlash O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat, tuman (shaxar) xokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo’yicha
maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko’rsatmalari asosida yuqorida
ko’rsatilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan
tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa olish huquqini beradigan
umumiy ish stajiga hisoblanadi.
Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs va dehqon
xo’jaligi a’zosining mehnat stajiga ular byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta
badallari to’lagan davrlari kiritiladi.
Umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi:
a) faoliyat turi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat
tomonidan ijtimoiy sug’urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan bo’lsa.
Shirkat xo’jaligi (fermer xo’jaligi) a’zosi uzrsiz sabablarga ko’ra xo’jalikda belgilangan
mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo’lsa, ishlagan vaqtning amalda davom
etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi
tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur muallifning asari
birinchi marta ommaga ko’rsatilgan kundan boshlab, agar u byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug’urta badali to’lab turgan bo’lsa, ish stajiga hisoblanadi;
b) xarbiy xizmat, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik organlaridagi
hamda chegara qo’shinlaridagi xizmat davri;
v) xarbiylashtirilgan sokchilik, maxsus aloka organlari hamda tog’qutqaruv
qismlaridagi xizmat davri, kaysi idoraga buysunishidan kat’iy nazar; g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelgan bo’lsalar;
d) yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxs va
dexkon xo’jaligi a’zosining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari
to’lagan davr;
e) alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar,
haydovchilar, qorovullar va boshqalar), agar ular byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasiga sug’urta badallari to’lab kelgan bo’lsalar;
j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fukarolarning
kamokda bo’lgan va mahbuslikni utagan davri.
Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda band bo’lgan
xodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga, mavsumda to’liq ishlamagan takdirda,
haqikiy ishlagan davr hisobga olinadi.
Chet elda ishlagan ish davri, agar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
belgilangan sug’urta badallari to’lab kelingan bo’lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa
imtiyozlirok holat kuzda to’tilmagan bo’lsa, ish stajiga hisoblandi.
O’zbekiston Respublikasi fukarolarning chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish
davri Tashki mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar bo’yicha, agar byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali to’lab kelingan bo’lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Dehqon xo’jaligi a’zosi, yil mobaynida ishlab undan kamida 9 oy byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasiga belgilangan tartibda sug’urta badali to’lagan bo’lsa, ushbu davr
kalendar yil hisoblanadi.
Kalendar yil mobaynida yuridik shaxs bulmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanuvchi shaxsning asosiy faoliyati qishloq xo’jaligi maxsulotlari etishtirish va qayta
ishlash bo’lgan hollarda, agar mazkur yilda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga
sug’urta badallari belgilangan tartibda kamida 9 oy mobaynida to’langan bo’lsa stajga
kalendar yil qo’shiladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan
tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi
yo’qolgan hollarda nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik
varakasi (dublikat) asosida beriladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda)
vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha davr uchun to’lanadi. Xodim ishdan bo’shatilishining noto’g’riligi haqida nizo ketayotgan davrda
homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda
beriladi. Bunda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash
to’g’risida qaror chiqqandan so’ng, nafaqa to’lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsizlik
kunlar uchun to’lanadi.
Oliy, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik
ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga
ishni boshlagunga kadar homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik
varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Ish haqi to’lash to’xtalib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish okibatida ayol ishlamagan
davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi
berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til ishga
qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo’lgan
kundan boshlab beriladi.
Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha
nafaqalarni hisoblash tartibi.
Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar
barcha hollarda xodimning haqikiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqikiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta
badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi.
Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11
maydagi 249-sonli karori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari kushilmaydigan va pensiyani
hisob-lab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqiga qo’shiladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi
12 oy davrida olgan va sug’urta badallari berilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa
hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qushilib, o’rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik
va tug’ish, bola uch yoshga tulgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv
yoki sinov yiginlarda yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun yuborilgan
oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun
oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan bir qismi hisobga
olinadi.
Xodim bo’lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqikatda
olinadigan qismi asosida hisoblanadi.
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o’rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko’rsatilgan
ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ruy bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo’yicha) bo’lish yuli bilan aniqlanadi. (Eslatma: Ushbu va keyingi barcha
hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda to’tiladi).
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga
kupaytirish yuli bilan aniqlanadi.
Shirkat xo’jaligi a’zolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa
umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.
Agar shirkat xo’jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar bo’yicha, yil
oxirida) avansli xak to’lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
(homiladorlik va tug’ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi
va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgan-dan keyin qayta hisoblanadi.
Mehnatga xak to’lash bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) mehnat kunlari uchun haq to’lanadigan
kungacha boshlangan bo’lsa, nafaqa eng kam ish haqidan to’lanadi va keyinchalik qayta
hisoblanadi.
Ushbu koida homiladorlik va tug’ish nafaqasini hisoblab chiqarishda qo’llanilmaydi.
Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa
Nogiron bolasini tarbilayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, xomiyga) bola
o’n olti yoshga to’lgunga kadar davlat ijtimoiy sug’urtasi va mablag’lari hisobidan bir
kunlik ish haqi miqdoridan haq to’langan holda oyga kushimcha bir dam olish kuni beriladi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
Dafn etish marosimi uchun nafaqa xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan quyidagi
oila a’zolari vafot etganda beriladi:
• turmush o’rtog’i;
• 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’iy nazar)
bolalari, aka-ukalari va opa-sigillari;
• ota-onasi;
• bobosi yoki buvisi.
Yashash uchun mustakil mablag’ manbaiga ega bo’lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya
oluvchi, shirkat xo’jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila
a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi.
Xodim vafot etganda dafn etish marosimi uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafn
o’tkazishni o’z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. Oilaning vafot etgan a’zosini dafn etish marosimi uchun nafaqa ishlovchi xodimga
berilmaydi.
Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi.
Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida
beriladi.
Ishlamaydigan pensioner vafot etgan takdirda dafn etish marosimi uchun uchun nafaqa
uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o’tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya
miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan kam bulmagan miqdorda,
ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi.
Ish haqiga tuman koeffitsienti belgilangan joylarda dafn etish marosimi uchun nafaqa
miqdori ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan tarmoqlar uchun beriladigan tuman
koeffitsentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Muddatli xarbiy xizmatga chakirilgan xodim yoki uning oila a’zosi vafot etgan takdirda
dafn etish marosimi uchun nafaqa, agar unga so’nggi ish haqi to’langan kundan bir oydan
ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi.
Oliy, o’rta masus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik
ordinatura, doktoruanturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari
vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga, institutlarga xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan yuborilgan bo’lsalar va ularning o’qish davridagi ish haqi to’la yoki qisman
saqlanib qolgan bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Nafaqalarni tayinlash va to’lash
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning Ijtimoiy
sug’urta bo’yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan
tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining
buyrug’i yoki boshqaruvning karori bilan tasdiqlanadi.
Komissiya mehnatda mayiblanganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa
tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, nafaqadan ( yoki qisman) maxrum etish va nafaqa olish
huquqi yuzasidan kelib chikkan nizolarni, vaqtincha, mehnatga layoqatsiz varaqasi va
boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega.
qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi.
Komissiyalar bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda nafaqalar ish beruvchi
tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslar, dexkon
xo’jaligi a’zolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida shartnoma asosida ishlayotganlarga
nafaqalar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanib, byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi. Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugagandan keyin chiqishining
birinchi kunidayok xo’jalik yurituvchi sub’ektga vaqtincha mehnatga layokatsizlik
varakasini takdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi
ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasining “Tabelchi
tomonidan va kadrlar bulimi tomonidan to’ldiriladi” degan bulimlarga zarur ma’lumotlar
yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varakasi (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib,
imzo qo’yiladi) ijtimoiy sug’urta komissiyasiga topshirildi.
Agar baxtsiz xodisa boshqa sharoitlarda ruy bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan
kaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda), nafaqa ro’y bergan
baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan o’rganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.
Qo’yidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan
tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb hisoblanadi:
1. mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari vaqtida), shuningdek,
maxsus topshirik bulmagan hollarda ham xo’jalik yurituvchi sub’ekt manfaatini kuzlab
qilingan xatti-harakat paytida;
2. ish beruvchining transportida ishga borayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
3. ish vaqti davomida (shu jumladan, belgilangan tanaffus vaqtida) xo’jalik yurituvchi
sub’ekt hududida yoki biron-bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan
keyin ish kurollarini, kiyim-kechaklarini va xokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
4. ichki mehnat tartib-qoidalariga zid bo’lmagan takdirda, ish vaqti davomida xo’jalik
yurituvchi sub’ektga yakin bo’lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan
tanaffuslarda) hozir bo’lganda;
5. asosiy ish bilan bog’liq bulmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini
bajarayotgan chog’ida;
6. inson hayotini qutqarish, huquq-tartibotni, davlat va jamoat mulkini, shuningdek,
fuqarolar mulklarini muxofaza qilish bo’yicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida;
7. donorlik vazifalarni bajarish natijasida mehnat kobiliya-tining yo’qotilishi.
Kasb kasalliklari bo’yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tayinlashda
Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son karori bilan tasdiqlangan Kasb
kasalliklari ro’yxatda ko’rsatilgan kasalliklar hisobga olinadi.
Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa
komissiya tomonidan (jaroxatlangan xodimning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon
bergan takdirda uning ishtirokida) tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish, nafaqadan yoki
qisman rad etish masalasi nafaqa oluvchining ishtirokida kurib chikiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning bosh buxgalteriya komissiya bilan bir katorda nafaqa
to’lash bo’yicha mablag’larning to’g’ri xarajatlanishi uchun javobgardir.
Agar nafaqa tayinlanish yoki xodimning umumiy ish stajini aniklash paytida
qonunchilikda ko’zda tutilgan qoidalar buzilishiga yo’l qo’yilgan yoki to’lov uchun taqdim
qilingan hujjatlar noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa bosh buxgalter to’lovni amalga
oshirmay, ularni yul qo’yilgan xatolar to’g’risidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy
sug’urta bo’yicha komissiyaga qaytarib berishi shart.
Hududiy soliq organlarining talabiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’muriyati
tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan nafaqalarga oid tekshirishlar nafaqalar to’lanadigan
mablag’larni xarajat qilishda suii’stemolik fosh etilgan takdirda o’tkaziladi. Barcha
tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ish beruvchi tomonidan mehnatni muxofaza qilish va texnika xavfsizligi koidalari
buzilishi oqibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligi sababli
berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqani to’lashga ketgan barcha
xarajatlarni koplashi lozim.
Nafaqalarni to’lash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikda xilof rafishda amalga
oshirilganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt, tashkilot, muassasalari tomonidan qilingan
xarajatlar Pensiya jamg’armasi hisobiga kabul qilinadi va ular xo’jalik yurituvchi sub’ekt
hisobiga yozib qo’yiladi.
Ishchilarga mehnat ta’tiliga to’lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yid davomida bir
tekis o’tkazilishini ta’minlash uchun har oyda ma’lum mablag’ rezerv qilib boriladi. Rezerv
summasi ishchilarga har oyda haqikatan hisoblangan ish haqiga ma’lum foiz miqdorida
tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuzish bilan aks
ettiriladi:
D-t 2010, 2110, 2310, 2320, 2510
K-t 8910 “Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi” schyoti
Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtida haqikatda hisoblangan ish haqini summasiga
quyidagicha provodka beriladi.
D-t 8910
K-t 6710
8910 schyot bo’yicha kredit koldigi foydalanilmagan rezerv summasini ko’rsatadi.
Mehnat ta’tili haqini hisoblash
Ma’lum xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’n bir oy uzluksiz ishlagan ishchi mehnat
ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Inflyatsiya sharoitida hukumat idoralari tomonidan mehnat
ta’tiliga chiqish oyining avvalgi oydagi ish haqi summasidan mehnat ta’tiliga haq hisoblash
tartibi joriy etilgan. Mehnat ta’tili uchun haq qo’yidagicha hisoblanadi.
1. O’rtacha ish haqi hisoblanadi. Buning uchun tarifikatsiya yoki lavozim maoshi bo’yicha
hisob-kitob kuniga belgilangan ish haqidan ortiq summani 1.12 qismiga qo’shib hisoblab
chikiladi.
2. O’rtacha kunlik ish haqi hisoblandi. Buning uchun o’rtacha ish haqi summasini 25,4 ga
bo’linadi.
3. Ta’til haqi. Buning uchun o’rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari soniga ko’paytiriladi.
Masalan: Ishchi dekabr oyida 24 kunga mehnat ta’tiliga chikdi. uning noyabr oyidagi
ta’rifikatsiya bo’yicha ish haqisi 12000 so’m. Tarifikatsiyasidan ortiqcha yillik summa
30720 so’m.
Mehnat ta’tili vaqtiga ish haqini hisoblang.
Eching:
1. O’rtacha ish haqi:
12000 + (30720 : 12) = 12000 + 2560 = 14560 so’m
2. Ta’til haqi:
14560 so’m : 25,4 x 24 = 13757,48 so’m
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha ajratmalar hisobi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt, mulkchilikning kaysi shakliga karashli bo’lganidan
qat’iy nazar ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalarni hisoblashi zarur. Ajratmalar miqdori joriy
oyda hisoblangan ish haqiga nisbatan foizlarda davlat tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda
uning miqdori 37,2%. Shundan: 35,0%-pensiya jamg’armasiga; 1,5-bandlik fondiga; 0,7-
kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga. hisoblangan ajratmalar xo’jalik yurituvchi
sub’ekt xarajatlariga kiritiladi.
1997 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning sotilgan mahsuloti
(ish va xizmatlari) hajmidan pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar joriy etilgan.
To’lovlar obekti bulib:
1. sanoat, transport, qishlok xo’jalik, vositachilik tashkilotlar uchun joriy davrda sotilgan
maxsulot (ish va xizmatlar) hisoblanadi (QQS, Aktsiz solig’i, bojxona to’lovlarisiz)
2. qurilish, ta’mirlash, ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hajmi(QQS siz)
3. tayyorlovchi, savdo, umumiy ovkatlanish, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun haqiqiy
tovar oboroti olinadi.
Stavka haqikatda sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar hajmining 0,5%
miqdorida joriy etilgan (2000 yil 1 yanvardan boshlab 0,7%). Davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining nafaqa
ta’minoti (pensiya jamg’armasi) va tibbiy sug’urta hamda bandlik jamg’armasi uchun
ajratmalar bo’yicha hisob-kitob 6520 “Ijtimoiy sug’urta” bo’yicha to’lovlar deb
nomlanuvchi passiv schyotda olib boriladi.
Ijtimoiy sug’urta ajratmalar hisoblanganda:
D-t 0710, 0810-0890, 1010-1090, 1510, 2010, 2310, 2510, 2610, 2320, 9450, 2710,
3190, 9414, 9415, 9210;
K-t 6520.
Sug’urta organlari foydasiga ijtimoiy sug’urta bo’yicha haqikiy o’tkazilgan summaga quyidagicha provodka beriladi.
D-t 6520
K-t 5110
Ijtimoiy sug’urta bo’yicha xodimlarga berilgan pullar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
D-t 6520
K-t 5010
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa
hisoblash. Davolash (tibbiy) muassasi tomonidan berilgan mehnat qobiliyatini yo’qotgan
to’g’risida varaqa-byulleten nafaqani hisoblash uchun asos bo’ladi.
Nafaqa miqdori kasallikdan ilgari ishlangan oyning o’rtacha ish haqi, kasallik davom
etish hamda uzluksiz mehnat stajiga bog’liq. Ish staji 5 yilgacha bo’lganda ish haqining
60%, 5 yildan 8 yilgacha-80%, 8 yil va undan ortiq bo’lganda 100% hisoblanadi. Ish
shtajidan kat’iy nazar ish haqining 100% miqdorida homiladorlikk va tug’ish bo’yicha,
ishlab chiqarish jaroxati va kasb kasalligi bo’yicha 16 yoshgacha (18 yoshgacha agar
(o’quvchi bo’lsa) 3 ta bolasi bo’lgan ishchilarga, urush nogironlariga to’lanadi.
Ish haqi summasiga ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisoblanadigan barcha ish haqi,
qo’shimcha haq va to’lovlar (bir marotaba bo’ladigan mukofotlardan tashqari) qiradi.
Kasallik tufayli vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan xodimlarga nafaqa qo’yidagicha
hisoblanadi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida oladigan shaxslarga ushbu oxirgi oyning ish
haqiga avvalgi yilning o’rtacha oylik mukofot summalari kushilib, o’rtacha oylik ish haqi
summasi aniqlanadi. O’rtacha oylik ish haqini shu oydagi ish kunlariga bo’linib, nafaqa %
ga kasal bo’lgan kunlarga ko’paytiriladi va 100 ga bo’linadi.
Mehnatga haq to’lashning vaqtbay shaklida xak oladigan shaxslarga nafaqa kasallikdan
oldingi o’tgan oylik mukofot summasi ko’shilib o’rtacha oylik ish haqi summasi aniqlanadi. O’rtacha oylik ish haqini shu oydagi ish kunlari soniga bo’linib o’rtacha kunlik ish haqi
summasi aniklanadi. O’rtacha kunlik ish haqini nafaqa % va kasal kunlar soniga ko’paytirib
100 ga bo’linadi.
Eslatma: Kasallik nafaqasi barcha hollarda o’rtacha kunlik ish haqini 2 baravaridan
ortiq bo’lmasligi lozim.
Misol: 7-razryadli ishchi yanvar oyida 3 kun kasal bo’lgan. Bu to’g’risida tibbiyot
muassasidan berilgan byulleten ya’ni mehnat qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risida varaqa
va tabelda yozuvlar bor. Uzluksiz ish staji 7 yil. U dekabr oyida
1. Ishbay ish haqi - 9000 so’m
2. Vaqtbay ish haqi - 6500 so’m
3. Mehnat kobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqa - 600 so’m
4. Oldingi yilda o’rtacha oylik mukofot summasi-1800 so’m olgan. Kasal kunlari uchun
nafaqa hisoblang.
Yechish:
1. O’rtacha oylik ish haqi
9000 + 6500 + 1800 = 17300 so’m
2. O’rtacha kunlik ish haqi
17300 : 23 kun = 752,17 so’m
O’rtacha kunlik ish haqini ishchining 2 baravarlik tarif stavkasi bilan solishtiramiz. 7
razryadli ishchini oylik tarif stavkasi
a) 3430 so’m x 3,48 koef = 11950 so’m
b) 11950 so’m : 23 = 519,56 kunlik ish haqi
s) 519,56 x 2 = 1039,12 barobarlik kunlik ish haqi.
Demak, nafaqani o’rtacha kunlik ish haqi hisobidan hisoblaymiz, chunki ishchining 2
barobarlik tarif stavkasi o’rtacha kunlik ish haqi qiymatidan yuqori.
752,17 so’m x 80% x 3 kun = 1805,21 so’m.
Ijtimoiy sug’o’rta fondi, pensiya fondi xo’jalik yurituvchi sub’ekt va tashkilotlarning
tegishli kasaba uyushma organlari joriy schyotiga o’tkazilib ishchi va xizmatchilarning
asosiy va qo’shimcha ish haklari hamda rag’batlantirish fondi hisobidan olingan
mukofatlarga nisbatan 35 foiz miqdorida qilinadigan ajratmalar hisobidan tashkil topadi.
Bunday ajratmalar xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlab chiqarilayotgan maxsulot tannarxi
hisobidan qilinadi. Ishchi va xizmatchilarga shu fond hisobidan vaqtinchalik mehnat
qobiliyatini yo’qotganlik varaqasi bo’yicha nafaqa, homiladorlik vaqti va bola tug’ilgandan
keyin ayollarga beriladigan nafaqa va boshqa moddiy yordamlar ko’rsatiladi. Bundan
tashqari, ijtimoiy sug’o’rta fondining mablag’lari sanatoriya va dam olish uylarini saqlash hamda ishchi va xizmatchilarga dam olish va davolanish uchun beriladigan yo’llanmalarga
xarajatlanadi.
1991 yildan boshlab mehnatkashlarga tayinlanadigan pensiya va nafaqalarning turlari
ancha kengayib, ularni miqdori sezilarli ravishda oshdi. Shu bilan birga, davlat sug’o’rtasi
mablag’lari ikki mustakil bo’lgan fondga ajratilib, ulardan biri ijtimoiy sug’urta fondi va
ikkinchisi pensiya fondi deb nomlanadigan bo’ldi, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot
mablag’laridan foydalanishning yangi tartibi belgilandi.
Davlat sug’urta va ta’minot fondlari asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkilot va
muassasalarning sug’urta to’lovlari hisobidan hosil qilinadi.
Hozirgi paytda pensiya fondiga ajratmalar faqat mahsulot tannarxi hisobidan emas,
undan tashqari xodimlarning ish haqidan 2,5% miqdorida ushlab qolinadigan summa
hisobidan ham qisman hosil qilinadigan bo’ldi. Yangi schyotlar ro’yxatida 6520 "Ijtimoiy
sug’urta va ta’minot bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti ajratilgan bo’lib, unda kasaba
uyushmasi tashkilotlari bilan ijtimoiy sug’urta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarini
pensiya bilan ta’minlash va tibbiyot sug’urtasini qilishga doyr hamda majburiy va ixtiyoriy
sug’urtaga doyr hisob-kitoblar aks ettiriladi.