Mavzu: Mehnatni va unga haq to’lashni hisobga olish. Reja: Kirish


Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi



Yüklə 51,91 Kb.
səhifə4/5
tarix09.06.2022
ölçüsü51,91 Kb.
#61059
1   2   3   4   5
Mehnat va unga haq to\'lash hisobi — копия

2.3. Ishchi va xnzmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarning hisobi
Ishchi va xizmatchilar bilan ish haqi va turli to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarni
rasmiylashtirish uchun hisob-kitob foydalaniladi. Bu kaydnoma har bir tsex va bulimlar
uchun tuzilib quyidagi ko’rsatkichlarni aks ettiradi. Ishchi va xizmatchilar ishlab chiqargan
maxsulotining, soni, sifati, bajargan ishning hajmi yoki ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan
ish haqi, ushlab kolinadigan soliqlar va boshqa ushlab kolishlar hamda berilishi lozim
bo’lgan ish haqi miqdori ko’rsatiladi. Xodimni kuliga beriladigan ish haqi summasi ish
haqini to’lash kaydnomasiga kuchiriladi. Ushbu kaydnomaning titul varagida xo’jalik
yurituvchi sub’ekt rahbarining ruxsat beruvchi imzosi beriladiyu o’z vaqtida (3 kun ichida)
ishchilar tomonidan olinmagan ish haqi keyingi oyga koldi-riladi va deponentlashtiriladi.
Kassir ish haqini olmagan xodimlarning familiyasi tug’risiga “deponentlashtirildi”
degan shtamp qo’yadi yoki yozma ravishda yozadi.
Shundan sung to’lov kaydnomasidan titul varagida kassir naqd pul bilan to’langan ish
haqi summasini va deponentlashtirilgan ish haqining umumiy summasini yozadi hamda o’z
imzosini ko’yib buxgalteriyaga topshiradi. To’langan ish haqini summasiga kassa chiqim
orderi rasmiylashtiriladi va bu order kassadan pullarni hisobdan chiqarish uchun asos bulib
qoladi.
Ish haqi deponentlashtirilgan har bir xodimga deponent varagi tuziladi. Keyinchalik
deponent varai orqali ish haqi olinadi.
Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash yuzasidan hisoblashishlarning sintetik hisobi
”Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni hisobga oluvchi” 6700
schyotlarda hisobga olib boriladi.
Bu schyotning kredit tomonida ishchi xodimlarga hisoblangan ish haqi, nafaqalar va
boshqa to’lovlar debet tomonida esa ish haqidan ushlab kolinadigan summalar va berilgan
ish haqi summalarni aks ettiriladi.
Hisoblangan ish haqi tegishli xarajatlar schyotlari o’rtasida “ish haqini taksimlash
kaydnomasi”ga muvofiq taksimlanadi. Bu qaydnoma buxgalteriyada mehnat va ish haqi
bo’yicha rasmiylashtirilgan boshlangich hujjatlarga asoslanib tuziladi. Ishchi xodimlarga
hisoblangan ish haqi buxgalteriya hisobi schyotlarda quyidagicha buxgalteriya provodkasi
tuzish bilan hisobga olinadi.
D-t: 2010; 2310; 2320; 2510; 9421; 9450
K-t: 6710
Ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’iga: D-t: 6710
K-t: 6410 ”Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar”
Deponentlashtirilgan ish haqiga:
D-t: 6710
K-t: 6720
Ishlatilmagan hisobdor summalarni ushlab qolish:
D-t : 6710
K-t: 4420-4490
Kreditga sotilgan tovarlar uchun ushlab qolinganda:
D-t: 6710
K-t: 4610
Berilgan qarz (zayom) ushlab qolingan:
D-t: 6710
K-t: 6990, 7690
Moddiy zarar va kamomad ushlab qolinganda:
D-t: 6710
K-t: 4630 provodkalari beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga badal sifatida tasischilarning mehnat
haqidan ushlab kolinishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t: 6710
K-t: 4710
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari hisobidan ijtimoiy sug’urta ajratmalarining
amalga oshirilishi (pensiya fondi va kasaba uyushmasiga) schyotlarda quyidagicha aks
ettiradi.
D-t: 6710
K-t: 6520
Kassadan to’langan ish haqi, pensiya, nafaqa, mukofot va boshqa to’lovlarni
berilganda:
D-t: 6710
K-t: 5010
Ishchi xodimlar bilan hisob kitobning analitik hisobi ish haqini hisoblash to’lov
qaydnomasida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblash va bu - "ish hakini
xarajat sifatida tegishli xarajat schyotlariga taksimlash quyidagi bitta murakkab provodkada
ko’rsatiladi:
Debet "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti.
Debet "Yordamchi ishlab chiqarishlar" schyoti. Debet "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyoti.
Kredit "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Ish haqi summasini xarajat schyotlariga tarqatish ish haqini taksimlash vedomosti yoki
mashinogrammasi asosida amalga oshiriladi. Bu vedomost mehnat va ish haqi hisobiga
tegishli dastlabki xarajatlarga asoslanib tuziladi va unda ish haqi xarajatlariga kaysi
schyotlar debetlanganligi hamda ish hakining ayrim turlari mukammal keltiriladi.
Mehnatga haq to’lash xarajatlari hisobidan ishchilarga mukofot ajratilganda
quyidagicha buxgalteriyaprovodkasi beriladi.
Debet "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlar.
Kredit "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblarschyotining kreditidagi
yozuvlar ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiruvchi ro’yxatda, ya’ni 10 va 10/1 - sonli
jurnal orderlarda aks ettiriladi.
Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyotining debetida,
xodimlarga ish haqi, mukofotlar, nafaqalar va shu kabilarning berilishi hamda ish haqidan
soliqlar, xodimlar tomonidan olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, ijro hujjatlari va boshqa
qonun bilan belgilangan ushlab qolishlar aks ettiriladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarga
kassadan ish haqi va boshqa to’lovlar berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi
beriladi.
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Kassa" schyoti.
Ish haqining analitik hisobiga oid hisob-kitoblar to’lov vedomostlarida olib boriladi.
Bundan tashqari, ishchi va xizmatchilarga to’lash uchun hisoblab qo’ilgan summalar
belgilangan shakldagi kartochka-ma’lumotnomalarda ham aks ettiriladi. Bu kartochkama’lumotnomalarda faqat hisoblab qo’ilgan summalar yozilib, ulardan ta’til pulini,
vaqtinchalik mehnat qobiliyatsizligi uchun beriladigan nafaqa va shu kabilarni to’laganda
o’rtacha ish haqi miqdorini topish va har xil ma’lumotnomalar berish uchun foydalaniladi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishchi va xizmatchilarning shaxsiy schyot
kartochkalari yuritiladi. Bu kartochkalarga hisob-kitob to’lov vedomostidagi har bir ishchi
va xizmatchiga tegishli barcha ko’rsatkichlar ko’chiriladi.
Mehnat va ish haqi hisobi mexanizatsiyalashgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda bitta
mashinogramma hisob-kitob vedomosti va varaqavasi har bir xodim uchun alohida shaxsiy
schyot ko’rsatkichlari bosilgan bo’ladi. Bu mashinogrammalardan analitik hisob uchun
foydalanish maqsadida buxgalteriya ularning har biridan shaxsiy schyotlarni ajratib olib,
tegishli xodimning konvertiga solib qo’yadi va konvertni kartotekaga ma’lum tartibda
taxlab qo’yadi. Ishchilarning maxsus dam olish davrlari uchun to’lanadigan ish haqini hisoblash bilan
bog’liq bo’lgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi alohida xususiyatga ega.


Yüklə 51,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin