Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари


II-BOB. “REGISTON PLAZA” mehmonxonasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining nazorat qilish usullari va tahlili



Yüklə 185,68 Kb.
səhifə12/24
tarix02.06.2023
ölçüsü185,68 Kb.
#122903
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24

II-BOB. “REGISTON PLAZA” mehmonxonasida ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining nazorat qilish usullari va tahlili

2.1. «Registon Plaza» mehmonxonasida ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar


Har birimizga ma’lumki mehmonxonalarda asosiy va qo‘shimcha xizmatlar mavjud bo‘ladi. Bunda mehmonxonaning klassi, darajasi va yulduziga bog‘liq bo‘ladi. Biz o‘rganyotgan «Registon Plaza» mehmonxonasi 4 yuldo‘zli mehmonxona hisoblanadi. Uning asosiy xizmatlari quyidagilar:

  • bronlashtirish;

  • qabul qilish va joylashtirish;

  • nomer fondini ekspluatatsiya qilish;

  • xavfsizlik xizmati;

  • muxandislik-texnik xizmati.

Biroq bu degani mehmonxona va turistik kompleksda faqat besh xildagi xizmatlar mavjud degani emas.
Bronlashtirish xizmati. Bu xizmat mijozga xizmat qilishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Odatda yuqori kategoriyali mehmonxonalarda, shuningdek turli muxandislik-texnik xizmatlari, marketing va reklama xizmatlari, tijoriy, moliyaviyiqtisodiy, ma’muriy, buxgaletriya va boshqa xizmatlar hamda bo‘linmalar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Barcha mehmonxonalardagi ko‘rsatiladigan xizmatlar kontakt(aloqa)li va kontaksiz turga bo‘linadi. Mehmonlar bilan bevosita kontakt (aloqa)da bo‘ladigan mehmonxona xizmatlariga bronlashtirish (o‘rin, joylarni oldindan buyurtma berib band qilish) xizmati, xizmat ko‘rsatish xizmati, qabul qilish va joylashtirish xizmati, shuningdek nomer fondini ekspluatatsiya qilish xizmatlari ham kiradi. Mijozlardan va turistik firmalardan talabnomalarni qabul qilish ishlari telefon, faks, elektron pochta, pochta orqali bronlashtirish va rezervlashning zamonaviy kompyuter tizimi yordamida amalga oshiriladi. Har bir shunday talabnoma quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi ko‘zda tutiladi:

  • taxminiy sana va mehmonlarning kelish-ketish vaqti;

  • mehmonlarning umumiy soni;

  • mehmonxona nomeri kategoriyasi, nomerda zarur ko‘rsatiladigan

xizmatlar to‘plami;

  • ovqatlanish xizmati va ularning harakteri;

  • nomer va qo‘shimcha xizmatlar uchun narxlar; bronlashtirish uchun haq to‘lovchi shaxsning ismi sharifi;

  • to‘lov turi;

  • alohida istaklari va b.

Talabnomalar qayta ishlangandan keyin mijozga yoki firmaga uni tasdiqlagani yoki rad etilgani to‘g‘risida xabar qilinadi, ya’ni ma’lumot jo‘natiladi.
Tasdiqlangan talabnoma o‘zida mehmonlarga mehmonxonada nomer berishi haqidagi xabarni aks ettiradi. Odatda bunday xabarda tasdiqlanganlik raqami, mehmonning kelishi va ketishi kutilayotgan sanasi, buyurtma berilgan nomer kategoriyasi, mehmonlar soni, o‘rinlar soni va h.k. ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan xabarnomani mehmon o‘zi bilan birga olib kelishi lozim.

Yüklə 185,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin