Мавзу: меҳмонхонада кўрсатиладиган хизматлар сифатини назорат қилиш усуллари


Mehmonxonalarda shartnoma to‘zish



Yüklə 185,68 Kb.
səhifə15/24
tarix02.06.2023
ölçüsü185,68 Kb.
#122903
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Mehmonxonalarda shartnoma to‘zish. Mehmonxona xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma to‘zish uchun hamisha ham yaxshi shartlar ololmasligi mumkin. Chunki uning imkoniyatlari cheklangandir. Ko‘pincha mehmonxona o‘ziga ma’qul kelgan birinchi variantda to‘xtab, birinchi o‘nlik qatorlari bo‘yicha bronlashtirishni amalga oshiradi. Tanlangan korxona bilan transport xizmati ko‘rsatish yoki transport vositasini ijaraga olish yuzasidan shartnoma to‘zadi.
O‘z ishida yetkazib beruvchi bilan odatdagi texnologiyadan foydalanuvchi mehmonxona yetkazib beruvchi xizmatlarga bog‘liq holda oldindan to‘lovni amalga oshirishi yoki realizatsiya qilingan xizmatlarga javobgarlikni bo‘yniga olishi kerak.
Agar xizmatlarga talab bo‘lmay qolsa, unda mehmonxona ularni qayta sotishga yoki sanksiyasini olishga haqli. Bronlashtirish tizimi yordamida mehmonxona yetkazib beruvchi uchun xizmatlarning sotilmay qolishi tavakkalchiligini saqlab qolishni ko‘zda tutuvchi nisbatan optimal variantni olishga urinadi.

8-rasm. «Registon Plaza» mehmonxonasining basseyni


Bronlashtirish tizimi bilan ishlay turib, mehmonxona mijozga xizmatlar katta assortimentini taklif etishi mumkin. Bronlashtirish tizimi xizmatlarni tanlab olish, mijozni maksimal qanoatlantirish imkonini beradi. Bu ba’zan bir necha minutda, ba’zan bir necha sekuntda amalga oshiriladi. Mijoz kerakli xizmatni tez tanlab olishga bronlashtirish tizimidagi realizatsiya qilishni qidirish tizimi imkon beradi. Kerakli xizmatni tezda tanlab olish imkoniyati mijozda ijobiy taassurot uyg‘otadi.
Xizmatlar tanlab olingach, mehmonxona xodimlari bir necha minut ichida o‘rinni bronlashtiradi va barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Transport xizmati – mehmonxonada xizmat ko‘rsatishning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Unga biletlarni bronlashtirish, taksi buyurish, avtotransportni prokatga berish va boshqalar kiradi.
Turli transport turlariga biletlarni bronlashtirish eng yangi axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim global kompyuyetr tarmoqlari bu sohada katta yutuqlarga erishganlar.
Bronlashtirishning global tarmog‘iga ulangan mehmonxonalar uning ma’lumotlar bankiga o‘z mehmonxonasi haqida axborotlarni joylashtirish imkoniga ega bo‘ladi: nomerlar turi haqida, ularning tafsilotlari, narxlari shular jumlasidandir.

Yüklə 185,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin