Kinematik guruhlarning struktura sxemasi: a – oddiy kinematik guruh; b – ikkita bajaruvchi organli murakkab kinematik guruhning struktura sxemasi Shakl yasovchi harakat Ф(B1) ni ta’minlovchi oddiy kinematik guruhda (a-rasm) energiyani harakat manbai M dan guruhning bajaruvchi organi 1 ga uzatuvchi zanjir a-b tashqi kinematik aloqa vazifasini o’taydi. Bu yerda harakat tezligini sozlash organi i harfli belgi bilan harakat yo‘nalishini sozlash organi esa belgi bilan ifodalanadi.
Stanoklarda sozlash organlari vazifasini - almashma tishli g‘ildiraklar va shkivlar, tezlik va surish qutilari, rostlanadigan elektrodvigatellar va hk. lar bajaradi.
a – oddiy kinematik guruh;
b – ikkita bajaruvchi organli murakkab kinematik guruhning struktura sxemasi
Kinematik guruhlarning struktura sxemasi Shakl yasovchi murakkab harakat Ф(В1П2) ni ta’minlovchi ikkita bajaruvchi organli murakkab kinematik guruhda (b-rasm) a-b zanjiri tashqi kinematik aloqa, bajaruvchi organlar I va II o‘rtasidagi b-c zanjir esa, ichki kinematik aloqa vazifasini o’taydi.
Bu yerda sozlash organi i1 harakat tezligini, sozlash organi i2 esa harakat traektoriyasini rostlaydi.
Kinematik guruhlarda o‘zaro kinematik aloqalar turli mexanik (tishli, tasmali, zanjirli) uzatmalar yordamida amalga oshiriladi.
Dasturli boshqariladigan dastgohlarda kinematik aloqalar elektr, elektron, gidravlik, pnevmatik va hk. vositalar yordamida amalga oshiriladi. 2. Dastgohlarning kinematik strukturasi Dastgohning kinematik strukturasi o‘zaro birlashtirilgan kinematik guruhlardan tashkil topadi.
Dastgohning kinematik strukturasi kinematik guruhlar soni, tarkibi va guruhlararo aloqalar bilan tavsiflanadi.
1. Oddiy (elementar) strukturalar sinfi E - faqat Ф(В), Ф(П) oddiy shakl yasovchi harakatlarni ta’minlaydigan oddiy kinematik guruhlardan tuziladi.
2. Murakkab strukturalar sinfi M - faqat ikkita yoki bundan ko‘p oddiy harakatlardan Ф(В1П2), Ф(В1П2П3) iborat murakkab shakl yasovchi harakatni hosil qiluvchi kinematik guruhlardan tashkil topadi.
3. Kombinatsiyalangan strukturalar sinfi K – ham oddiy ham murakkab kinematik guruhlardan iborat bo‘ladi. Dastgohning kinematik strukturasi shakl yasash sxemasiga asosan tuziladi. Shakl yasash sxemasi ishlov beriladigan sirt shakliga va kesish asbobiga bog‘liq.