Мавзу metall kesish stanoklarining tasnifi


Strukturani tuzish tartibi quyidagicha bo‘ladi



Yüklə 159,83 Kb.
səhifə3/4
tarix27.11.2022
ölçüsü159,83 Kb.
#70787
1   2   3   4
6 Презентация ТОАП Лек 6 Кинематика асослари

Strukturani tuzish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

- bajaruvchi organlar soni belgilanadi;

- guruhning ichki kinematik aloqasi aniqlanadi;

- harakat manbai va guruhning tashqi kinematik aloqasi aniqlanadi;

- harakat parametrlarini sozlash organlarining soni va joylashishi belgilanadi.

Konussimon vintli sirtga ishlov beradigan tokarlik dastgohining kinematik strukturasida shakl yasovchi murakkab harakat Ф(В1П2П3) uchta oddiy harakatdan iborat.
Токарлик станогининг кинематик структураси
1) Dastgohda uchta bajaruvchi organ: zagotovka 2 o‘rnatilgan shpindel 1, bo‘ylama support 3 va kesish asbobi 5 o‘rnatilgan ko‘ndalang salazka 4 bor.
2) Ko’rilayotgan kinematik strukturada ichki kinematik aloqa ikkita ichki kinematik zanjirdan iborat:
- bo‘ylama surish uchun zanjir b-c xizmat qiladi. Bu zanjir 1 ning aylanma harakati B1 ni bo‘ylama support 3 ning to‘g‘ri chiziqli harakati П2 ga bog’laydi;
- sirtning talab etilgan konusligi kinematik zanjir g-e yordamida ta’minlanadi. Bu zanjir bo‘ylama support 3 ning to‘g‘ri chiziqli harakati П2 ni ko‘ndalang salazkalar 4 ning to‘g‘ri chiziqli harakati П3 ga bog’laydi. Ikkala kinematik zanjir bitta kinematik guruhni tashkil etadi.
3) Tashqi kinematik aloqa kinematik zanjir a-b bilan ta’minlanadi.
4) Asosiy harakat tezligi sozlash organi ivbuy yordamida, bo‘ylama surish isb yordamida, ko‘ndalang surish isko’n yordamida sozlanadi. Yo’nalishini o’zgartirish uchun reverslash mexanizmi talab etiladi.
Kinematik sozlash - bajaruvchi organlarni talab etilgan tezliklarini ta’minlash va muvofiqlashtirishdan iborat.
Maqsad detalning berilgan shakl, o‘lcham, aniqlik va g‘adir-budurlikka ega bo‘lgan sirtini hosil qilishdan iborat.
Kinematik sozlash organlarining parametrlarini aniqlashdan iborat bo’lib, aniqlanadigan parametri umumiy uzatish nisbati i dan iborat.
Almashma g‘ildiraklar gitaralari, tasmali uzatmalarning almashma shkivlari, variatorlar, tezliklar va surishlar qutisi sozlash organlari vazifasini bajaradi.

Yüklə 159,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin