azotobakterni aniqladi. G. Gelьrigelь, G. Vilьfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, dukkakli o’simliklarning azot o’zlashtirishi, ular ildizidagi tugunaklarga bog’liq ekanligini ko’rsatib berishdi.
Sekin-asta to’plangan manbalar, ayniqsa nafas olish va bijg’ish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr «mikrobiologiyaning biokimyo yo’nalishi» ga turtki bo’ldi. Bu borada S. P. Kostichev, V. S. Butkevich, V. N. SHaposhnikov va N. D. Ierusalimskiylarni ishlari alohida ahamiyatga ega.
B. L. Isachenko, E. N. Mishustin, N. M. Lazerevlar tuproq va rizosferadagi turli xil mikroorganizmlarning faolligini aniqlashda N. N. Xudyakov, N. G. Xolodniy, V. S. Butkevich, N. A. Krasilьnikov, E. F. Berezova, YA. N. Xudyakov va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga egadir.
B. F. Perfilьev va D. R. Gabellar keyingi vaqtda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o’z hissalarni qo’shgan olimlardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya usuli cho’kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi.
O’tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning bir tormog’i bo’lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topa boshladi. G. A. Nadson, B. L. Isachenko, M. A. Egunov, V. O. Tauson, V. S. Butkevich, A. E. Kriss, A. S. Razumov va boshqalar bu tormoqni rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. G. A. Nadson va uning shogirdi G. S. Fillipov 1925 yilda achitqi zamburug’lariga turli nurlar ta’sir etib, ulardan mutantlar oldi.
Mikrobiologiyadagi ana shunday katta kashfiyotlar mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bog’liqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar tizimini takomillashtirdi. 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ulьtramikroskopni, 1908 yilda A. Keller va Zidentopf birinchi lyuminessent mikroskopni kashf etdilar. Nihoyat 1928-1931 yillarda birinchi elektron mikroskop yaratildi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda o’lchamli buyumlarni ko’rish mumkin bo’ldi. 1934 yili F. Sernike fazo-kontrast tamoilini takomillashtirdi.
Mamlakatimizda mikrobiologiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli, uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog’liq bo’lgan sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining mikrobiologiya va botanika institutlarining xodimlari akademik A. M. Muzafarov, M. I. Mavloniy, A. G’. Xolmurodov, S. A. Askarova, professorlar I. J. Jumaniyozov, Q. D. Davronov, S. S. Ramazonova, S. M. Xojiboeva, J. Safiyazov, J. Qutliev, A. S. Rasulov, X. O. Berdiqulov, R. SHoyoqubov, J. Toshpo’latov, Z. Ahmedova va boshqalar fan rivojiga katta xissa qo’shib kelmoqdalar. Mirzo Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat universitetidagi olimlar O. G. YOlkina, K. YU. Musaev, F. G. Axmedova, YA. F. Nizametdinova, M. L. Mansurova, I. A. Muzafarova, Toshkent texnika universitetida S. X. Abdurazzoqova, SH. I. Hakimova, M. Kil va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojlanishida o’z xissalarini qo’shib kelmoqdalar.