O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TABIIY FANLAR FAKULTETI “KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI” KAFEDRASI “Tasdiqlayman”
Tabiiy fanlar fakulteti dekani ____________ K.A.Saparov 60110800 – “Kimyo” ta’lim yo‘nalishi
103-guruh Ibrohimova Ozoda Abdurasul qizining
“Anorganik kimyo” fanidan
“Metallarni korroziyadan saqlash usullari”
mavzusida
KURS ISHI
“Himoyaga tavsiya etiladi” Kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri, PhD ______ R.Sh.Berdiqulov “____”_____________2022 yil
Ilmiy rahbar: Kimyo va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsent v.b., PhD
_______ N.I. Kamolova
2.2. Korroziya jarayonlari tasnifi va korrozion yemirilishning ko‘rinishlari
2.3. Metallarni karroziyadan saqlash usullari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish, hududlarda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi, hamda xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qancha buyruq va qarorlar berib o‘tildi.
Hujjat asosida respublikaning har bir hududida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati ushbu maktablar maqomiga moslashtirildi.
Shuningdek, tuman (shahar)larda kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar ochildi.
Bu 164 ta maktabga OTM larning 55 ta kafedrasi biriktiriladi. Ularni moliyalash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi.
Bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlandi.
Qaror bilan, 2021 yil 1 fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanmoqda:
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o‘rinlarda – milliy sertifikat) berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozodetildi, hamda unga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
2021 yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil etiladi.
Milliy tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan mualliflar Innovatsion rivojlanish va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlandi.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha OTMlar magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etildi.
Shuningdek, OTMlarning kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ham magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasidadavlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilindi.
2021/22 o‘quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman, shahar, viloyat – oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
OTMlarning kimyo va biologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilindi.
OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a'lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga OTMlar kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilinadi.
Qayd etilishicha, mamlakatda uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlab, import o‘rnini bosuvchi va eksport bop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha katta salohiyat bor. “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada 1 milliard 355 million dollarlik 21 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan qariyb 60 million dollarlik 8 ta loyiha 2021-yilda ishga tushirildi. Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida joylashgan ushbu korxonalarda 11 turdagi yangi mahsulot o‘zlashtirildi. Yiliga 450 milliard so‘mlik tovarlar ishlab chiqarilib, 15 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish hamda qariyb 30 million dollarlik eksport imkoniyati yaratildi. Ushbu korxonalarda 260 kishi ish bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, ayni paytda umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollardan ziyod bo‘lgan 18 ta loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Umumlashtirib aytganda, 2021-yilgi va istiqboldagi barcha loyihalar natijasida 3 millard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi, tarmoqning eksport salohiyati 1 milliard 300 million dollarga yetdi. Yangi korxonalarda 3 ming 500 ga yaqin ish o‘rni tashkil etildi. Yana bir muhim jihati, ushbu korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng tabiiy gazni chuqur qayta ishlab olinadigan yangi mahsulotlar qiymati 2 milliard 100 million dollardan oshdi. Ya’ni qo‘shilgan qiymat 14 barobar ko‘payadi.
Kimyoviy xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar negizida talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish maqsadida “Navoiyazot” va “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatlarida hamda Qoraqalpog‘istonda 3 ta yirik texnologik klasterni barpo etish rejalashtirilgan. Xususan, “Navoiyazot” da umumiy qiymati 2 milliard 600 million dollarlik 16 ta loyiha, “Farg‘onaazot” da jami 334 million dollarlik 4 ta loyiha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida salkam 687 million dollarlik 3 ta loyiha amalga oshirildi.
Davlat rahbari ishlab chiqarish va ilm-fan o‘rtasida integratsiyani rivojlantirish masalasiga doim alohida e’tibor qaratadi. Shu maqsadda Toshkentning Ulug‘bek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish ham rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, 60 gektar maydonda ma’muriy va o‘quv binolari, laboratoriyalar, O‘zbekiston-Koreya ilmiy markazi, ilmiy xodimlar uchun turar joylar, yotoqxona, bog‘ va quyosh elektr stansiyasi barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu yerda 8 ming nafar talaba tahsil olishi ham mumkin bo‘ladi