RS trigger. Ushbu trigger eng keng tarqalgan triggerlardan hisoblanadi. Uning tuzilishi va ishlashini ko’rib chiqamiz. Bu triggerni ikkita R va S kirishlari va ikkita Q hamda Ǭ chiqishlari mavjud. Q va Ǭ chiqishlar bir- biriga nisbatan teskari (agar Q
=0 bo’lsa, S=1 va aksincha), mos holda to’g’ri va teskari chiqishlar deb ataladi.Trigger mantiqiy elementlar asosida shunday hosil qilinadiki, uning ishlashini quyidagi haqiqiylik jadvali orqali ko’ramiz 16.1- jadval.
1-jadval. RS triggerni haqiqiylik jadvali
R
|
S
|
Q(t)
|
Q(t+1)
|
Triggerning holati
|
0
|
0
|
0
|
0
|
|
0
|
0
|
1
|
1
|
Ma’lumotni saqlab turish rejimi R= S = 0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
Triggerni “1” holatga o’tishi S=1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
0
|
0
|
Triggerni “0” holatga o’tishi R=1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
*
|
Taqiqlangan holat R=S=1
|
1
|
1
|
1
|
*
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki triggerning R va S kirishlariga signal berilmasa, u o’zining holatini saqlab turadi. Triggerni “1” holatga o’tkazish uchun uning S kirishiga “1” signal berish kerak, triggerni “0” holatga o’tkazish uchun esa, uning R kirishiga “1” signal berish kerak. Shu tariqa biz boshqariluvchi elektron kalitga ega bo’lamiz. Bunday RS triggerni “YoKI-YO’Q” 2 ta mantiqiy qurilmada hosil qilish mumkin (7 a - rasm). Triggerning shartli belgisi 7 b- rasmda keltirilgan. Tarkibida RS triggeri bo’lgan eng keng tarqalgan mikrosxema K155LA3 mikrosxemasidir.
rasm RS triggerning tuzilishi, shartli belgisi
K155LA3 mikrosxema asosida trigger hosil qilib, biror sxemaga nisbatan
qo’llab ko’ramiz (8-rasm).
rasm. Triggerli kalit.
Buning uchun, mikrosxemaning 14 – kontaktini 5V kuchlanishnli manbaning “+” qutbiga, mikrosxemaning 7- kontaktini manbaning “-“ qutbiga ulaymiz. Mikrosxemaning 1- kontaktiga SB1 tugmachali kalitni, 5-kontaktiga esa SB2 tugmachali kalitni ulamiz. Har ikki kalitning ikkinchi kontaktlarini manbaning “-“ qutbiga ulaymiz. Mikrosxemaning 3- kontakti bilan manbaning “-“ qutblari orasiga ko’k svetodiod, mikrosxemaning 6-kontakti bilan manbaning “-“ qutblari orasiga qizil svetodiod ulaymiz. Sxemani manbaga ulaymiz, ko’k svetodiod yondi deylik. SB1 (ulash) tugmachasini bir marta bosamiz, ko’k svetodiod o’chib, qizil svetodiod yonadi.Endi SB1 tugmachani yana bir marta bosamiz, triggerning holati o’zgarmaydi (ko’k o’chgan, qizil yoniq), ya’ni trigger o’z holatini saqlab turibdi. Endi triggerni “0” holatga qaytarish uchun (qizilni o’chirib ko’kni yoqish) SB2 tugmachasini bosish zarur. Xuddi avvalgidek, SB2 tugmani qayta bosish sistema holatini o’zgartirmaydi. Shunday qilib biz sistemani “1” holatiga va “0” holatiga alohida kalitlar orqali o’tamiz.
RS triggerlar sinxron va asinxron turlarga bo’linadi. Agar triggerning ishlashi biror tashqi signal bilan sinxronlashmagan bo’lsa, bunday trigger asinxron trigger hisoblanadi. Demak ko’rib o’tilgan trigger asinxron turga kiradi. Aksariyat sxemalarda qurilmalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi uchun signal qabul qilishi ma’lum sinxronlashtiruvchi signalning davomiyligi ichida sodir bo’ladi. Aynan shu sinxronlashtiruvchi signal bo’lmasa, triggerlar R va S kirishlaridagi signallardan qat’iy nazar o’z holatini saqlab turadi. Ana shunday sinronlashtiruvchi signal asosida ishlovchi trigger sinxron trigger deb ataladi. Demak sinxron triggerda yana bitta “S” sinxronizasiya kirishi mavjud bo’ladi. Endi trigger, unig “S” kanalida signal bo’lgan paytdagina o’zini RS trigger kabi tutadi, boshqa vaqtlarda u o’z holatini saqlaydi, buni sinxron triggerning haqiqiylik jadvalidan ko’rish mumkin 2- jadval. Sinxron triggerlar elektron qurilmalarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
2 - jadval
Dostları ilə paylaş: |