Mantiqiy qo’shish operasiyasi (Diz’yunksiya). Diz’yunksiya “YoKI” operasiyasi deb yuritiladi. Agar X1 va X2 mantiqiy signallar bo’lib, U mantiqiy operasiyalarning natijasi bo’lsa, mantiqiy qo’shish uchun quyidagi haqiqiylik jadvali deb ataluvchi jadval o’rinlidir 16.17- a rasm. Ko’rinib turibdiki mantiqiy qo’shish algebraik qo’shish bilan deyarli mos keladi.
3-rasm. Mantiqiy qo’shish operasiyasi.
a- haqiqiylik jadvali, b-mantiqiy qo’shishning shartli belgisi, v-qo’shiluvchi va
yig’indi signalning vaqt diagrammasi.
Mantiqiy qo’shishda natija “1” bo’lishi uchun qo’shiluvchilardan birortasining “1” bo’lishi yetarlidir. Bunday amalni bajaruvchi elektron sxema yaratish uchun vaqt diagramma muhim ahamiyatga ega. Diagrammadan ko’rinib turibdiki, kirish kanallaridan birortasida signal bo’lgan paytda chiqish “1” bo’ladi. Bunday sxemani yaratish qiyinchilik tug’dirmaydi. Qo’shish sxemasini kalitlar yordamida ham hosil qilish mumkin 4 a rasm.
4-rasm. Mantiqiy qo’shish opersiyasining kalit va diodli sxemalari.
Lampaning yoniq holatini “1” deb qabul qilsak, X1 va X2 kalitlardan birotasining ulanishi “1” natijani beradi. 4b-rasmda ham xuddi shunga o’xshash natijaga ega bo’lamiz. Bunda X1,X2 va X3 kirishlarning birotasida ko’rsatilgan yo’nalishda tok o’tsa, sxema chiqishida “1” ga ega bo’lamiz.
Mantiqiy ko’paytirish (kon’yuksiya). Mantiqiy ko’paytirish “VA” operasiyasi ham deyiladi. Operasiyaning shartli belgisi 5- rasmda ko’rsatilgan. Agar ikkita X1 vaX2 mantiqiy signallarning ko’paytmasini U orqali ifodalasak, X1 va X2 ko’paytuvchilarning qiymatlariga qarab ko’paytma mantiqiy “0” yoki “1” qiymatlarni qabul qiladi 16.19- b rasm.
rasm. Mantiqiy ko’paytirish operasiyasi shartli belgisi (a), haqiqiylik jadvali (b) va vaqt diagrammasi.
Ko’paytma faqatgina barcha ko’paytuvchilar “1” bo’lgan paytdagina mantiqiy
“1” ga teng bo’ladi. Bu vaqt diagrammadan ham ko’rinib turibdi.
rasm. Mantiqiy ko’paytirish opersiyasini bajaruvchi kalitli va diodli sxema.
Quyida mantiqiy algebraning asosiy xossalari va ayniyatlar keltirilgan. Ushbu ayniyatlar raqamli elektron texnikalarni yaratishda matematik asoslar bo’lib xizmat qiladi.
Mantiqiy algebraning asosiy munosabatlari
Dostları ilə paylaş: |