Mavzu: mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika



Yüklə 268,96 Kb.
səhifə2/9
tarix02.12.2023
ölçüsü268,96 Kb.
#171151
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu mikrosxemalar, integral sxemalar va optoelektronika

Analogli mikrosxemalar:


  • operasion kuchaytirgichlar;

  • signal generatorlari;

  • signal filtrlari;

  • analogli ko’paytirgichlar;

  • boshqariluvchi kuchaytirgich va attenyuatorlar (so’ndiruvchi qurilma);

  • stablizatorlar;

  • impulsli tok manbalarining boshqaruv sxemalari;

  • signal o’zgartirgichlar;

  • sinxronizasiya sxemalari;

  • turli kattaliklarning sezgir elementlari (datchiklar).

Raqamli sxemalar:


  • mantiqiy elementlar;

  • triggerlar;

  • hisoblagichlar;

  • registrlar;

  • bufer o’zgartirgichlar;

  • xotira elementlari;

  • shifratorlar;

  • deshifratorlar;

  • mikrokontrollyorlar;

  • mikroprosessorlar;

  • programmalashgan mantiqiy integral sxemalar.

Mantiqiy signal va mantiqiy elementlar. Raqamli elektron qurilmalarning sosiy afzalliklaridan biri shundaki, raqamli signal faqat ikkita qiymat qabul qiladi, mantiqiy “0” va mantiqiy “1”. Mantiqiy “0” va “1”berilgan signalni biror, avvaldan ma’lum bo’lgan kattalik bilan solishtirish natijasiga qarab hosil qilinadi. Soddaroq qilib aytgan mantiqiy “0” signal “yo’q” holatni, mantiqiy “1” esa signal bor holatni ifodalaydi. Bu mantiqiy signallar ustida ham arifmetik amallar bajarish mumkin.
Mantiqiy amallar qo’shish, ko’paytirish va inkordan iborat.
Inkor operasiyasi, “EMAS” yoki inversiya deb ham ataladi, o’z ma’nosiga ko’ra inkorni bildiradi. Mantiqiy “1” signalining inkori mantiqiy “0” va aksincha. Agar X mantiqiy signal bo’lsa , uning inkori X kabi belgilanadi

1-rasm. Inkor operasiyasining shartli belgisi (a)

Inkor operasiyasini bajaruvchi qurilmani bipolyar tranzistor yordamida hosil qilish mumkin. Bunda tranzistorning kalit xususiyatidan foydalaniladi. Inkor operasiyasini bajarish aksariyat mikrosxemalar tarkibida mavjud bo’ladi. Masalan, amalda eng keng tarqalgan K561LN2 mikrosxemasini olaylik. Unda inkor operasiyasini bajaruvchi 6 ta alohida kanali mavjud (2-rasm).



2-rasm. K561LN2 mikrosxemada mantiqiy inkor operasiyasi.


1, 3, 5, 9, 11 i 13 – mos holda 1-6 kirish; 2, 4, 6, 8, 10 i 12 – mantiqiy chiqishlar.

Yüklə 268,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin