«Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlaka- timizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak», deb yozadi Yurtboshimiz bu asarning ilk sahifalarida.
E'tibor bergan bo'lsangiz, dunyodagi hamma narsa biron-bir asosga qurilgan bo'ladi. Masalan, uyning yoki siz ta'lim olayotgan maktab
binosining ham asosi - poydevori bor. Siz bugun o'rganishga kirisha-yotgan «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fani ham shunday asosga ega. Avvalo, Prezidentimiz Islom Karimovning kitoblari, jum-ladan, yuqorida zikr etilgan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asari, mustaqillik yillarida shakllangan milliy g'oyamizning asosiy lushuncha va tamoyillari, xalqimizning boy bilim va tajribasi, bebaho ma'naviyati, milliy va umumbashariy qadriyatlar bu fanning ilmiy-nazariy asosini tashkil etadi.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, milliy g’oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqish harakatlari boshlandi. Xalqimizning asriy orzusi ko’zlagan yuksak maqsadlarga yetishishning asosiy omili mustaqillikni asrab- avaylash va mustahkamlash bilan bog’liq ekanidan kelib chiqqan holda milliy g’oyamiz milliy istiqlol g’oyasi deb ataldi, uning ma’no – mazmuni ham shunday mezonlar asosida shakillandi.
“Ma’naviyat asoslari” deganda esa inson ma’naviyatining shakillanishiga asos bo’ladigan eng muhim omillar – Vatanga muhabbat, xalqimizga xos go’zal fazilatlar, an’ana va qadriyatlar, uning ruhi oziqlanadigan umumbashariy g’oya va qadriyatlarni tushunamiz.
“Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o'tib, asrlar davomida e'zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma'naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta'bir joiz bo'lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o'zimizga tasavvur qiladigan bo'lsak, o'ylaymanki, bunday keng ma'noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo’lamiz».
Bizning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz shuki, O’zbekistonning bitti yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug’ va erkin hayot sari olg’a yurish.
Bizning eng ulug' maqsadimiz, eng ulug' g'oyamiz shuki O'zbekistonning bitta yo'li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har. tomonlama yuksaltirib, yorug' va erkin hayot sari yurish deb ta’kidlagani bejiz emas albatta.
Dunyodagi har bir xalqning milliy g'oyasi awalo uning taraqqiyotiga, shu yo'lda butun jamiyat a’zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini safarbar etishga xizmat qiladi. Jumladan, bizning milliy g'oyamizda ham yurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo rlish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali uning rivojini ta'minlash bosh maqsadlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy g'oyamiz tarkibidagi asosiy tushunchalardan biri Vatan ravnaqi deb nomlanadi. Vatanning ravnaq topishi uchun esa yurt tinch, xalq farovon bo'lishi lozim. Shu bois yurt linchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi hilan birga milliy g'oyamizning negizini tashkil etadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma'naviy tomondan yetuk bo'lishi, ular qaysi millat yoki elatga, siyosiy yoki ijtimoiy guruhga mansub bo'lmasin, barchamiz uchun yagona boigan ona O'zbekistonimiz taraqqiyoti yo'lida birlashishi, hamkor-u hamnafas bo'lib yashashi lozim. Ana shunday intilish hamda qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning c|albi va ongida shakllantirish uchun milliy g'oyamiz tarkibida komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo hag'rikenglik kabi tamoyillar ham alohida o'rin tutadi. Bu o'z navbatida milliy g'oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning hir-biri bilan uzviy bog'liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va vagona qudratli kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi.
Dunyodagi har bir xalqning milliy g'oyasi uning o'ziga xos turmush tarzi, tabiati, xarakteri, qadimiy an'ana va qadriyatlari, orzu-intilish hamda manfaatlarini yaqqol aks ettiradi. Necha-necha avlodlar ana shu g'oya uchun kurashib yashagani tufayli u ko'pincha milliy o'zlik, g'urur-iftixor timsoliga aylanib ketadi.
Milliy g’oyamiz bugungi kunda ham bizni katta katta marralar sari
da'vat etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat qurish, O'zbekisionimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olishi uchun qat'iyat bilan oldinga intilish, islohotlarimizni vuiada jadallashtirish milliy g'oyamizning ruhi va mazmuniga in'la mos keladi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan shu vo'nalishda ilgari surilayotgan barcha amaliy tashabbus va xulosalar ayni vaqtda milliy g'oyamizni yangicha fikr va qarashlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda. Masalan, davlatimiz rahbari tarafidan D'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va lenatining 2010-yil 12-noyabrda bo'lib o'tgan qo'shma majlisida bayon qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada diuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish yo'lidagi eng niuliim va ustuvor vazifalar asoslab berildi. Bu, o'z navbatida, milliy g'oyamiz zamonaviy taraqqiyot talablari asosida izchil rivojlanib borishimizni taqozo etadigan, hayot tajribalari asosida muttasil takomillashib boradigan tizim ekanidan dalolat beradi.
Karmana tumaniga qarashli
13- umumiy o’rta ta’lim maktabining
9- “B” sinf o’quvchisi
Mardonova Nilufarning “Milliy Istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanidan “Milliy g’oya va vatanga muhabbat tuyg’usi” mavzusida tayyorlagan