Mavzu: Milliy g’oya va vatanga muhabbat tuyg’usi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/2
tarix16.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#98956
  1   2
miliy istiqlol g\'oyasi va vatanga muhabbat


Mavzu: Milliy g’oya va vatanga muhabbat tuyg’usi
Dunyodagi ko'pni ko'rgan, donishmand insonlarning e'tirof etishicha, Vatanga munosib farzand bo'lish odamni tom ma'noda sharafga bur-kaydigan, hech qachon ahamiyatini yo'qotmaydigan eng buyuk vazifadir. O'zligini chuqur anglagan, yurt qadrini biladigan inson bu hayotda nimaniki o'rgansa, qancha ko'p bilim va tajribaga ega bo'lsa, ularning barchasini avvalo oilasi, farzandlari, ona xalqi va Vatani manfaati yo'lida ishlatib, o'zidan yaxshi nom, qutlug' iz qoldirishga harakat qiladi. Insonni avvalo shunday oliy maqsadlar, ibratli ishlar ulug'laydi.
Vatanni sevgan, uning sha'n-u sharafini роk saqlab, obro'-e'tiborini yuksaltirib, jahondagi eng go'zal va obod mamlakatlar qatorida ko'rish orzusi bilan yonib yashaydigan inson ezgulik ijodkoriga aylanadi. Undan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Uning har bir qadami ona yurtiga foyda va yaxshilik keltiradi. Har qanday xalqning, davlatning faxr-u g'ururi aynan ana shunday insonlar hisoblanadi. Vatanning shonli kechmishi avalo shunday munosib farzandlarning nomlari bilan birgalikda tarix sahifalariga abadiy muhrlab qo'yiladi.
Siz bir haqiqatni doimo yodda tutingki, bugun biz bahramand bo'lib yashayotgan mustaqil hayot ham ezgulik ijodkori bo'lgan ana shunday
fidoyi insonlarning asrlar davomidagi mashaqqatli kurashlari, og'ir mehnatlari tufayli vujudga kelgan. Shu ma'noda, mustaqillik faqat bugungi ozod va erkin hayotdan iborat emas, balki necha-necha qahramon ajdodlarimiz orzu qilib o'tgan ulkan bir tarix, avlodlar tomo-nidan o'rganiladigan bilimlar xazinasi, desak, arziydi.
Biz buyuk ajdodlarimiz va bugungi bunyodkor zamondoshlarimiz boshlagan katta ishlarni munosib davom ettirib, xalqimizga asl farzand bo'lmoqchi bo'lsak, ana shu bilimlarni har tomonlama chuqur o'rganib, oldimizda turgan yuksak marralar, turli sinovlarga avvalo ma'naviy jihatdan tayyor bo'lishimiz lozim. Shundagina o'zimizning kimligimiz, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni yanada teranroq his qilib yashaymiz. Shundagina ezgu maqsadlarimizga qat'iyat bilan erishamiz.
Albatta, har birimiz o'z kuchiga ishongan, qiyinchiliklardan qo'rq-maydigan mard va yetuk inson bo'lishni orzu qilamiz. Mamlakatimizda sizdek yosh avlodni aynan shu ruhda tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda, ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Siz Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengil-mas kuch» kitobini yaxshi bilasiz. Vatanga munosib farzand bo'lish ilmini siz-u bizga har tomonlama chuqur o'rgatadigan bu kitob yurtimizdagi millionlab yoshlarga atab yozilgan.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin