Mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari reja: O’zbekistonda milliy hisoblar tizimi; holati va istiqbollari


Iqtisodiy o’sishning mohiyati,asosiy tavsifnomasi va modeli



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü22,42 Kb.
#105741
1   2   3
MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARI

2.Iqtisodiy o’sishning mohiyati,asosiy tavsifnomasi va modeli
Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.

3.Makroiqtisodiy muvozanatlikning mohiyati va unga erishish yo’llari
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sish, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi.Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti- vaqti bilan obyektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.

Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi.


Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi,
yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; 522

- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar.


Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
Ishchi kuchi – insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish – insonning mehnatga bo‘lgan jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklash va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o‘sishini ta’minlash, katta yoshli ishchilar o‘rnini bosadigan yosh ishchilar avlodini etishtirish jarayoni.
Yalpi ishchi kuchi – jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda faoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui.
Ishchi kuchi talabi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Ishchi kuchi taklifi – muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.

Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.


Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.

Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.


Soliq islohotlari — soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda.

Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.


Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt o‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning o‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o‘rnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.

Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir1.


Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo‘jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to‘lib ketishi2.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o‘sishining barqaror tendensiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa3.
Inflyatsiya – bu:
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.


Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi.

Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.


Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori.
Real daromad – aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.


Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.


O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy o‘sish daromadlarning ko‘payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o‘sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko‘payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig‘idan foydalaniladi .

Jahon xo‘jaligining rivojlanishini 5 bosqich deb, ayrimlarida esa 4 bosqich deb beriladi. Masalan, E.F.Borisov jahon xo‘jaligi shakllanishining to‘rtta bosqichini ajratib ko‘rsatadi. Biz misol tariqasida ushbu bosqichlarni bayon qilamiz.


Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o‘sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o‘rtasida paydo bo‘lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o‘rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to‘g‘ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko‘proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo‘jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo‘yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo‘ldi.
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to‘g‘ri kelib, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimi shakllandi.
To‘rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko‘plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo‘lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarning yangi tendensiyalari paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
- jahon xo‘jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi1.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali shakllarini ko‘rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik yo‘nalishi kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas chatishib-chirmashib rivojlanish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.

Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Jahon xo‘jaligi globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi.
2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi.
3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi.
4) turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining farqlanishi.

Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.


Erkin savdo (fritrederlik) siyosati proteksionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.
Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.



Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin