1. Texnik-iqtisodiy asoslash Asoslashda korxona tavsifnomasi, faoliyat turi va tashkil etish shartlari yoritiladi:
1. Mahalliy korxonaning nomi.
2. Ta'sischi hisoblangan chet el firmasining nomi.
3. Yangi tashkil etilayotgan qo'shma korxonaning nomi.
4. Qo'shma korxonaning faoliyat koʻrsatish davri (qo'shma korxona qurilishi boshlangan yil, qurish muddati, foydalanish davri).
5. Yillar bo'yicha qo'shma korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
6. Ichki va tashqi bozorga yillar boʻyicha qoʻyiladigan mahsulot hajmi.
7. Yillar boʻyicha kapital sarflar: so'mda va chet el valyutasi hisobida.
8. Yillar boʻyicha ta'sischilarning nizom kapitaliga qoʻshgan ulushi.
9. Qo'shma korxonaning yillar bo'yicha olgan krediti (so'm va chet el valyutasi) miqdori.
10. Kreditning yillar boʻyicha qaytarilishi miqdori, shu jumladan, foizi bilan.
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga texnik iqtisodiy tavsifnoma 1. Qo'shma korxonaning asosiy turdagi tovar mahsulotlari nomi.
2. Ichki va tashqi bozorga qo'yilgan mahsulot bahosini aniqlash usuli.
3. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar.
3. Normativlarni aniqlash tartibi 1. So'mni chet el valyutasiga aylantirishda davlat banki kursi.
2. Qo'shma korxona foydasidan soliqqa ajratma darajasi.
3. Mamlakat tashqarisiga jo'natiladigan foydadan olinadigan soliq darajasi.
4. Foydadan zaxira, ishlab chiqarishni rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyoti va boshqa fondlarga ajratmalar miqdori.
4. Qo'shma korxona tashkil etish va unung faoliyat yuritish samaradorligi hisobi 1. Qo'shma korxona tashkil etish uchun toʻla kapital mablag'lar sarfi miqdori.
2. Kapital mablag'ning yillik samaradorligi (rentabellik darajasi 15 foizdan kam boʻlmasligi).
3. Kapital sarflar qoplanishi muddati.
4. Valyutada o'zini-o'zi qoplash muddati.
5. Valyutada oʻzini-o'zi qoplash muddatini aniqlash 1. Valyuta tushumi, shu jumladan:
- mahsulot sotishdan tushgan valyuta miqdori;
- valyuta ko'rinishida qo'shma korxona olgan kredit miqdori. 2. Valyuta sarflari:
- ishlab chiqarish zarurati uchun valyuta sarfi miqdori;
- valyuta ko'rinishida chet ellik mutaxassislarga to'langan haqlar; - valyuta kreditlari uchun to'lovlar, shu jumladan, foizi uchun ham to'lovlar;
- chet ellik qatnashchilarning valyuta ko'rinishidagi olgan foydasi;
- valyuta tushum qoldig'i.