4.1.Bahs-munozaralarni hal etish.
4.2.Kuchga kirish.
4.3.To’ldirma yoki o’zgartmalar.
4.4.To’g’ri kelmaslik.
1.4. Qo'shma korxonaning tugatilishi Qo'shma korxonalar tugatilishi «Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish, davlat ro'yxatidan o'tkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida»gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyul 336- sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Quyidagi holatlarda qoʻshma korxona faoliyati to'xtatiladi:
1. Nizomda qayd etilgan faoliyatning qo'pol ravishda buzilish holatlari yuzaga kelganda.
2. Korxona ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtdan boshlab 1 yil mobaynida o'z faoliyatini boshlamagan taqdirda.
Tashkil etilgan qo'shma korxonaga ro'yxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiy ravishda ogohlantirish xati yuboriladi. So'nggi bir oy muddat ichida ogohlantirishda koʻrsatilgan uzilishlar bartaraf etilmasa, xoʻjalik sudiga murojaat etiladi va xoʻjalik sudi qarori bilan qo'shma korxona davlat ro'yxatidan chiqariladi.
Qo'shma korxona tugatilishida ro'yxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
qoʻshma korxonani davlat ro'yxatidan chiqarish to'g'risidagi ta'sischilar arizasi;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuqori organi- ning korxonani tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonaning tugatilganligi toʻgʻrisida matbuotda e'lon berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tugatilgan korxonaning muhrlari va shtamplari yo'q qilinganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi organlarining ma'lumoti;
korxonaning yuqori organi tomonidan tasdiqlangan tugatish balansi;
soliq organlarining soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha korxona qarzlari bor-yo'qligi haqidagi tugatish balansini tekshirish yuzasidan ma'lumotnomasi;
qo'shma korxonalarning tugatilishi jarayonida korxona bosh- qaruv hay'ati tomonidan tugatish komissiyasi tuziladi.
Komissiya tarkibini shakllantirishda ta'sischilardan teng miqdorda vakillar taklif etiladi.
Tugatish komissiyasi korxona boshqaruv hay'atiga tugatish balansini taqdim etadi. Tugatish balansiga qoʻshma korxonaning amortizatsiya ajratmasi chegirib tashlangan holatdagi barcha ka- pitali qiymati kiritiladi. Qolgan kapital ta'sischilarning ulushiga qarab mos ravishda taqsimlanadi.
Agar ta'sischilardan biri mulkchilikning davlat shaklidagi korxona yoki davlat ulushi ishtirok etgan deb hisoblangan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona boʻlsa, tugatish balansini tuzib chiqishda O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi yoki uning hududiy boʻlimlari bilan kelishishlari lozim.
Qo'shma korxonalar va korxonalar davlat reyestridan chiqa- rilgan kundan boshlab tugatilgan hisoblanadi.