Glossary 1. Zamonaviy moliya “Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas.
2. Moliyaviy tizim Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi.
3. “Zamonaviy moliya” konsepsiyalar “Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga vaqt omilini hisobga olgan holda pul resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini taklif etadi.
4. “Zamonaviy moliya” konsepsiyasining qo’llanilishi Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy direktori tele-kommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
5. “Zamonaviy moliya” nazariyasi “Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, 6 barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.